Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Kiyim yuvilganidan keyin ham maziy asorati qolsa, pok hisoblanadimi?

Kiyim yuvilganidan keyin ham maziy asorati qolsa, pok hisoblanadimi?

Nashr sanasi: July 12, 2026

Savol :

Ustoz, har qanday najosat tekkan kiyim kir yuvish mashinasida yuvilsa pok bo’ladimi? Maziy tekkan kiyimni kir yuvish mashinasida yuvgan edim, lekin uning asorati qolibdi. Shu sababli o’sha kiyim bilan birga yuvilgan boshqa kiyimlar ham poklanmagan bo’ladimi?

O’sha kiyimning o’zinigina qayta yuvsam bo’ladimi? Maziy tekkan kiyimga suv sepish bilan pok bo’lishini eshitgan edim. Kir yuvish mashinasi bir marta suv olib yuvishi bilan, garchi asorati qolsa ham, u kiyim pok bo’ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Avvalo, kir yuvish mashinangizning qanday ishlashiga qarash kerak. Chunki maziy aslida suv bilan juda oson ketadigan najosatdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avvalo, kir yuvish mashinangizning qanday ishlashiga qarash kerak. Chunki maziy aslida suv bilan juda oson ketadigan najosatdir.

Hozirgi zamonaviy kir yuvish mashinalarida kiyimlar bir necha marta suv bilan yuviladi, siqiladi, suv chiqarib tashlanadi va yana toza suv olinadi. Shu jarayonda najosat ketadi. Shuning uchun odatdagi ishlaydigan kir yuvish mashinasida yuvilgan kiyimlar pok bo’ladi, deb hisoblanadi.

Agar najosatning o’zi ketib, faqat rangi yoki izi qolgan bo’lsa, bu zarar qilmaydi. Muhimi, najosatning o’zi ketgan bo’lishidir. Shunday ekan, kiyimni qayta yuvishingiz shart emas.

Ammo kir yuvish mashinasi nosoz bo’lib, kiyimni to’g’ri yuvmasa yoki suvni almashtirmasa, unda uni tekshirtirish kerak.

Masalan, qo’lga najosat tegsa, uni suv bilan yuvgandan keyin qo’l pok bo’ladi. Xuddi shuningdek, kir yuvish mashinasida ham najosat suv bilan ketgach, kiyim pok hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026