Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Jin va shaytonlardan qo‘rqish va vasvasadan qanday qutulsa bo‘ladi?

Jin va shaytonlardan qo‘rqish va vasvasadan qanday qutulsa bo‘ladi?

Nashr sanasi: April 28, 2025

Savol :

Ustoz, jin va shaytonlar olami haqida ko‘p narsalar eshitdim. Shu bois xayolimga yomon o‘ylar keladi, qayerga bormay jinlar meni ko‘rib turganini, ular men bilan birga yurganini o‘ylayveradigan bo‘lib qoldim. Bu vasvasadan qanday qutulish mumkin?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha mazmun: Allohdan panoh so‘rab, Qur’on o‘qib, foydali ishlarga band bo‘lish kerak. Bekorchilik va bo‘sh o‘ylardan saqlanish lozim.

Siz bu vaqtda ko‘p o‘ylayvermang, ko‘p o‘rganavermang u narsa haqida. Allohdan panoh tilang, Qul a’uzu bi-Rabbil-Falaq va Qul a’uzu bi-Rabbin-Nas suralarini o‘qing.

Shuni bilingki, ular odamga zarar bera olmaydi, hech narsa qila olmaydi. Illo Allohning izni bilan. Alloh izn bersa bo‘ladi hamma narsa ham.

Agar Alloh izn bermasa, ular hech qanaqasiga sizga zarar yetkaza olmaydi.

Aksincha, ular odamdan qo‘rqadi. Agar sizning iymoningiz baquvvat bo‘lsa, qo‘rqmasangiz, ular sizdan qo‘rqadi.

Shu sabab Alloh taologa tavakkul qiling va Qur’on o‘qing. Foydali ish bilan shug‘ullaning.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar:

“O‘zingga manfaatli bo‘lgan narsaga haris bo‘lgin. Allohdan madad so‘ra va ojiz bo‘lib o‘tirma.”

Shuning uchun:

Allohdan yordam so‘rang,

Dinningizni o‘rganing,

Qur’on o‘qing,

Vaqtingizni foydali narsalarga sarflang,

Namoz o‘qing, ibodat qiling, zikr qiling.

Agar vaqtingiz qolsa, dunyoviy foydali ishlar bilan band bo‘ling:

Dam oling,

Do‘stlar bilan suhbatlashing.

Bekorchilik qilib, “jin keldi”, “shayton keldi” deb o‘zini-o‘zi qo‘rqitish kerak emas.

Masalan, ba’zi ayollar uyda bekor o‘tirib, o‘z-o‘zini qo‘rqitib oladi.
Mana shuning uchun odam manfaatli ish bilan shug‘ullansa, bunaqangi vasvasalar ketadi, insha Alloh.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026