Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Jelatin (cho’chqa) tarkibli kollagen vitaminini ichish joizmi?

Jelatin (cho’chqa) tarkibli kollagen vitaminini ichish joizmi?

Nashr sanasi: June 28, 2025

Savol :

Men kollagen vitamini iste’mol qilaman. Bu safar olganim jele ko‘rinishida bo‘lib, tarkibida cho‘chqa mahsuloti (jelatini) borligi yozilgan. Men buni bilmasdan olgan edim. Endi savolim: bunday holatda bu mahsulot istihola sababli pok deb hisoblanadimi yoki harom sanaladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, tarkibida jelatin (cho‘chqa) bo‘lsa — iste’mol qilish joiz emas. Halol va muqobil vitaminlardan foydalaning.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar haqiqatda cho‘chqa asalhasi yoki jelatini qo‘shilgan bo‘lsa, bu harom mahsulot hisoblanadi. Shariatda istihola — najas moddaning o‘z tabiatini butunlay o‘zgartirib, boshqa pok narsa holiga kelishi — ayrim hollarda najaslik hukmini yo‘qotishi mumkin. Lekin bu holat:

  • Dori vositasi bo‘lishi,

  • Boshqa muqobili bo‘lmasligi,

  • Zarurat bo‘lishi,

shartlari bilan qo‘llaniladi.

Ammo vitaminlar zarurat darajasiga kirmaydi. Ayniqsa, bozorda halol muqobillari mavjud bo‘lsa, shubhali yoki harom tarkibli mahsulotdan voz kechish lozim.

 Rasululloh ﷺ aytdilar:

“Shubhali narsani tark et, shubhasiz narsaga o‘t.”
(Tirmiziy, Hasan-Sahih)

Shuning uchun, maslahatimiz:
– Bu vitamin o‘rniga halol, tarkibi aniq bo‘lgan boshqa kollagenni tanlang.
– Cho‘chqa mahsuloti borligi aniq bo‘lgan vitaminlardan saqlaning.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026