Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Islomiy bo’lmagan bayramlarni nishonlash, ularda qatnashish, va ularga atalgan taomlardan istemol qilish.

Islomiy bo’lmagan bayramlarni nishonlash, ularda qatnashish, va ularga atalgan taomlardan istemol qilish.

Nashr sanasi: December 26, 2024

Savol :

Yangi yil va shunga o’xshash an’anaviy bayramlarni nishonlash joizmi?

Iso (alayhi salom)ning tug’ilishi sharafiga bo’lib o’tadigan tantanalarga taklifni qabul qilish joizmi?

Nasroniylar bayrami uchun tayyorlangan taomni iste’mol qilishning hukmi qanday? 

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Bunday bayramlarni nishonlash, ularda qatnashish, va unga atalgan taomlardan istemol qilish joiz emas.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Yangi yil va an’anaviy bayramlarni, masalan: nasroniylarning Rojdestvo bayramini, yoki Navro’z (Fors yangi yili), yoki Mahrajon (Fors bayrami) kabi bayramlarni nishonlash joiz emas.

Shuningdek, musulmonlar tomonidan keyinchalik o’ylab chiqilgan (sunnatda boʻlmagan) bayramlar, masalan: Rabi’ al-Avval oyida Movlud kuni yoki Rajab oyida Isro va Meroj kunlari bayramini nishonlashlari ham joiz emas.

Nasroniylar bayrami yoki boshqa dinlar va an’anaviy bayramlar munosabati bilan tayyorlangan taomlardan yeyish va ularning bayramlarida qatnashish takliflarini qabul qilish joiz emas. Chunki, bu ularni quvvatlaydi va ularning bid’atlarini ma’qullayotgandek ko’rinishi mumkin. Bu esa shar’i hukmni bilmaydigan odamlarda noto’g’ri taassurot qoldiradi, va ularda bunday bayramlarga qarshilik yo’q ekan degan, notog’ri tushuncha hosil boʻlishiga sabab bo’ladi.

Vallohu a’lam.

Manba: Al-Lu’lu’ Al-Makeen Min Fataawaa Ibn Jibreen, 27-bet

Javob muallifi:

Ash-Shayx ibn Jibrin

Maqola foydali bo’ldimi?

3

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026