Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Inkubatorda jo‘ja chiqarish hukmi.

Inkubatorda jo‘ja chiqarish hukmi.

Nashr sanasi: June 16, 2026

Savol :


Inkubatorda jo’ja chiqarish shariyatda halolmi? 

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu masala shariatda haromligi haqida dalil kelmagan ishlardan hisoblanadi. Shariatda bir amalning haromligi sobit bo‘lmasa, u aslida muboh va joiz sanaladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala shariatda haromligi haqida dalil kelmagan ishlardan hisoblanadi. Shariatda bir amalning haromligi sobit bo‘lmasa, u aslida muboh va joiz sanaladi.

Inkubatorda jo‘ja chiqarishning o‘zida shariatga zid bo‘lgan jihat yo‘q. Buni «shariat qaytargan ish» deb aytib bo‘lmaydi.

Bu xuddi dehqonning urug‘ni yerga ekib, uning o‘sishi uchun sharoit yaratishiga o‘xshaydi. Yoki issiqxonalarda (teplitsalarda) o‘simliklar uchun kerakli harorat va muhitni ta’minlab, hosil olishga harakat qilinadi.

Inkubatorda ham tuxum uchun ma’lum harorat va zarur sharoit yaratiladi, xolos. Ammo jo‘janing yaratilishi va tuxumdan chiqishi Alloh taoloning irodasi va yaratishi bilan bo‘ladi. Agar Alloh taolo yaratmasa, inson qancha sharoit tayyorlamasin, jo‘ja chiqmaydi.

Shuning uchun inkubatorda jo‘ja chiqarish shariat qaytarmagan, muboh va joiz ishlardan hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026