Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ilm o‘qiyapman, ammo natijasini ko‘rmayapman.

Ilm o‘qiyapman, ammo natijasini ko‘rmayapman.

Nashr sanasi: June 18, 2026

Savol :

O’zimga nima bo’layotganini tushunmayapman. Ilm yo’lida ketyapman, ammo dangasaligim tufayli hech narsa o’rgana olmayapman. Namoz o’qiyman, Allohdan duo qilib so’rayman, ammo natijasini ko’rmayapman.

Ingliz tilini o’rganishni boshlaganimga ikki-uch yilcha bo’lib qoldi, ammo natija yo’q. Ba’zida ilonlar tushimga kirib turadi. Nima qilsam bo’ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir vasiyatlari esimga keldi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir vasiyatlari esimga keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar:

«احرص على ما ينفعك، واستعن بالله، ولا تعجز»

“Senga manfaat beradigan narsaga haris bo‘l. Allohdan yordam so‘ra va ojiz bo‘lib qolma.”

Alloh subhanahu va taolo bandalariga turli qobiliyatlarni beradi. Kimdadir Qur’on o‘qishga iste’dod bo‘ladi, kimdadir namozga, yana kimdadir savdo-sotiqqa. Kimdir tijorat qilib, topgan moli bilan Alloh yo‘lida xizmat qiladi. Kimdir kuchi bilan, kimdir tili bilan, kimdir obro‘si bilan, kimdir qalami bilan, yana boshqasi mansabi bilan Allohning diniga xizmat qiladi.

Masalan, ayrim odamlar ingliz tilini ikki-uch oyda o‘rganib oladi. Boshqasi esa ikki yil, hatto yigirma yil harakat qilsa ham, qiyin o‘zlashtiradi. Arab tili yoki Qur’on yodlash ham shunga o‘xshaydi. Alloh taolo har bir insonga o‘ziga xos qobiliyat va imkoniyat beradi.

Balki sizda aynan shu sohaga qobiliyat kamroqdir, ammo boshqa tomondan kuchli iste’dodingiz bordir. Shuning uchun ojiz bo‘lib qolmang. Ingliz tilini mukammal o‘rganmagan bo‘lsangiz ham, qabrda sizdan: “Nega ingliz tilini o‘rganmading?” deb so‘ralmaydi.

Avvalo, qabrda so‘raladigan narsalarga ahamiyat bering. Namozingiz sahih bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan Qur’onni o‘qishni o‘rganing. Farz bo‘lgan ilmlarni egallang. Har bir musulmon bilishi shart bo‘lgan narsalarni o‘rganishga e’tibor qarating.

Shundan keyin ma’ruzalar, da’vatlar va qalbni yumshatadigan darslarni tinglang. Dinni birdaniga to‘liq o‘zlashtiraman deb o‘zingizni qiynamang. Odam birdaniga hamma narsani ko‘taraman desa, charchab qoladi. Shariatimiz esa yengildir.

Namozingizni muntazam o‘qing. Kechalari bir-ikki rak’at bo‘lsa ham tahajjud o‘qishga harakat qiling. Har kuni oz-ozdan Qur’on tilovat qiling, keyin asta-sekin ko‘paytiring.

Menimcha, insonning holatini eng ko‘p isloh qiladigan narsalardan biri Qur’on tilovatidir. Odam har kuni Qur’on o‘qib yursa, o‘sha kunining barakali va fayzli o‘tganini o‘zi ham sezadi. Qur’on bilan bog‘lanishni kuchaytirsangiz, Allohning rahmatini va qalbingizdagi o‘zgarishni ham his qila boshlaysiz.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Tunda ishlash xatomi?

    July 25, 2026
  • “Dinda haraj yo‘q” deyish bilan sustkashlik chegarasi.

    July 24, 2026
  • Gigienaga amal qilish hukmi.

    July 24, 2026
  • Erim vatanda qolgan onamni ziyorat qilishga yubormaydi…

    July 24, 2026
  • Urfga ko‘ra ota uyi kichik farzandga qolishi to‘g‘rimi?

    July 24, 2026
  • Singlimning noshar’iy o‘tadigan to‘yiga bormasligimga ota-onam ko‘nmayapti…

    July 23, 2026