Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: February 17, 2026

Savol :

Ustoz, xo‘jayinim Rossiyaga ketamiz deyapti. O‘zi yaqinda kelgan edi. Men borishni xohlamayapman, sababi homiladorman. Kasal bo‘lsam, kasalxonaga olib bormaydi, bolalarimni ham davolatish kerak.

Yana boshqa sabablar ham bor. Shunda men: “Ketmayman, bolalar bilan shu yerda qolaman”, deyishga haqqim bormi? Chunki homilador holimda u yerda qiynalaman.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holatga aniq va qat’iy hukm berish qiyin. Masala eringizning holati, yashash sharoiti va imkoniyatlariga qarab baholanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatga aniq bir hukm berish qiyin. Masalaga eringizning holati, sharoiti va imkoniyatlariga qarab baho beriladi.

Aslida ayol kishi eri bilan birga yuradi: safarda ham, eri yashayotgan joyda ham birga bo‘lishi kerak — bu asl qoidadir. Lekin agar bundan jiddiy zarar kelishi aniq bo‘lsa, ya’ni ayol zulm ko‘rsa, sog‘lig‘iga yoki bolalariga real zarar yetishi ehtimoli bo‘lsa, u holda لَا ضَرَرَ وَلَا ضِرَارَ zarar yetkazish ham, zararga zarar bilan javob berish ham yo‘q — qoidasiga amal qilinadi. Bunday vaziyatda kattalar aralashib, maslahat bilan masala hal qilinadi.

Men bu yerda turib: “Eringizga bo‘ysunmang, bormang”, deb ayta olmayman. Chunki bunday hukm holatni to‘liq bilmasdan berilmaydi. Shu bilan birga, eringizga nasihat shuki: oilani asrash, xotinini va bolalarini himoyalash erkakning burchidir. Xotini homilador bo‘la turib, uni noloyiq yoki og‘ir sharoitlarga olib borish, davolanishi qiyin joyda qoldirish to‘g‘ri emas.

Odatda har bir erkak oilasini asrashni o‘ylaydi. Shuning uchun bu masalada sizning ota-onangiz, aka-ukalaringiz yoki qaynota-qaynonalar ishtirokida o‘tirib, maslahat bilan, kelishib ish tutish eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026
  • Qayniukam oldida qanday holatda yurishim kerak?

    February 11, 2026