Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Hijoma ro’zani buzadimi?

Hijoma ro’zani buzadimi?

Nashr sanasi: March 6, 2025

Savol :

Ro‘zador uchun hijomaning hukmi qanday?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Eng to‘g‘ri fikr shuki, ro‘zador uchun qon oldirish uning ro‘zasini buzmaydi. Lekin biz uni makruh deb hisoblaymiz.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Eng to‘g‘ri fikr shuki, ro‘zador uchun qon oldirish uning ro‘zasini buzmaydi. Lekin biz uni makruh deb hisoblaymiz.

Hijoma ro‘zani buzmaydi, lekin u nomaqbul sanaladi, chunki u odamni zaiflashtirishi mumkin. Zaiflashgan kishi ehtimol biror narsa yeyishga majbur bo‘lib, ro‘zasini buzishi mumkin. Hijoma ro‘zadorning holatini asrash nuqtayi nazaridan makruh hisoblanadi, lekin o‘zi ro‘zani buzmaydi.

Vallohu A’lam

Payg‘ambarimiz (alayhissalotu vassalam) dan rivoyat qilingan «Hijoma qilgan ham, hijoma qildirg‘an ham ro‘zasini buzdi» degan hadis mansuh qilingan (bekor qilingan).

Bu hadisi Ibn Abbos (roziyallohu anhu) dan rivoyat qilingan boshqa hadis bekor qilgan bo‘lib, u “Sahihul Buxoriy” da keltirilgan. Unda Payg‘ambarimiz (alayhissalotu vassalam) ro‘zador hollarida hijoma qildirg‘anliklari zikr qilingan.

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026