Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Hijobda avrat yopilsa yetadimi, yupqa bo‘lishi ahamiyatsizmi?

Hijobda avrat yopilsa yetadimi, yupqa bo‘lishi ahamiyatsizmi?

Nashr sanasi: October 4, 2025

Savol :

Ustoz, sinfdoshlarim oq ko‘ylak kiyishsa, ichidagi kiyimlari va hatto qo‘llarining shakli ham, rangi ham aniq bilinib turadi.
Ularga buni aytsam, “Avrat yopilsa bo‘ldi, shu hijob o‘rniga o‘tadi,” deyishadi.
Bu holat joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, bu joiz emas. Chunki shar’iy hijobning sakkizta sharti bor. Agar bu shartlardan bittasi ham yo‘qolsa, kiyim hijoblik maqomini yo‘qotadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, bu joiz emas.

Chunki shar’iy hijobning sakkizta sharti bor. Agar bu shartlardan bittasi ham yo‘qolsa, kiyim hijoblik maqomini yo‘qotadi.

Ushbu shartlardan biri — kiyim ichini ko‘rsatmasligi, shaffof bo‘lmasligi.
Agar kiyim ichidagi kiyim yoki badan rangi ko‘rinib tursa, bu holatda ayol kiyim kiygandek bo‘lsa-da, aslida yalang‘och hisoblanadi.

Rasululloh ﷺ aytganlar:

«نِسَاءٌ كَاسِيَاتٌ عَارِيَاتٌ…»
“Ba’zi ayollar kiyim kiygan bo‘lsalar ham, yalang‘och bo‘ladilar…”
(Muslim rivoyati)

Demak, shaffof yoki badanni shakllantiradigan kiyim hijob hisoblanmaydi.
Hijob — yopuvchi, ziynatni yashiruvchi va begona erkaklarning nazaridan himoya qiluvchi kiyimdir.

Hijobning ba’zi boshqa shartlari:

  1. Kiyim shaffof bo‘lmasligi, badanni ko‘rsatmasligi.

  2. Tor bo‘lmasligi, badanning shaklini belgilamasligi.

  3. Ziynatlib yoki bezak uchun bo‘lmasligi.

  4. Kofira ayollarning libosiga o‘xshamasligi.

  5. E’tibor jalb qilmaydigan va qimmatbaho bo‘lmasligi.

  6. Avratni to‘liq yopuvchi bo‘lishi.

Shuning uchun ichki kiyim, badan rangi yoki shakli ko‘rinib turgan oq yoki yupqa kiyim hijob hisoblanmaydi.
Hijob degani — yopuvchi degani. Agar u yopmayotgan bo‘lsa, demak bu hijob emas.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026