Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Har kuni o‘zimga ruqya o‘qishim to‘g‘rimi?

Har kuni o‘zimga ruqya o‘qishim to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: July 31, 2026

Savol :

Ustoz, har kuni o’zimga ruqiya qilishni odat qilib olganman.

Chunki juda ko’p yuragim siqiladi, nafas olishim qiyinlashib, holsiz bo’lib qolaman. Doktorlarga ko’rsatdim, hech qanday kasallik yo’q ekan. Alhamdulillah, namoz o’qiyman, kunlik zikrlarni aytaman. Ba’zan ruqiya o’qiganimda ko’nglim behuzur bo’ladi, yo’tal tutadi, boshim qattiq og’riydi.

Bu nazardan bo’lishi mumkinmi? Doim ruqiya o’qib yurishim to’g’rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, doim ruqiya o’qib yurishingiz to’g’ri.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Albatta, doim ruqiya o’qib yurishingiz to’g’ri. Shar’iy ruqiyalarni o’qib yurishning hech qanday zarari yo’q. Inson o’ziga Qur’on oyatlari va duolar bilan panoh so’rab yurgan bo’ladi. Buni qancha ko’p o’qisa ham, hech qanday ziyoni yo’q.

Bu holat nazardan ham bo’lishi mumkin, jin ta’siridan ham bo’lishi mumkin yoki sog’lig’ingiz bilan bog’liq tibbiy sabab ham bo’lishi mumkin.

Shuning uchun yana bir bor shifokorlarga murojaat qilib, yaxshilab tekshirtirib ko’ring. Ba’zilar aytishadiki, vitamin yetishmasligidan ham shunday holsizlik, nafas qisishi yoki bo’g’ilgandek bo’lish holatlari kuzatiladi. Balki sabab shunda bo’lishi mumkin.

Har xil sabablar bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Nima bo’lganda ham, sabablarni qilish kerak.

Ham tibbiy tomondan tekshirtirib ko’rish kerak — bu sabablarni ushlashdir. Shu bilan birga, ruqiya o’qib, duo qilib yurishingizni ham davom ettiring.

Buning hech qanday zarari yo’q.

Alloh taolodan sog’lik va shifo so’rang. Sabablarni qiling, umidingizni uzmang. Alloh taolo O’zi shifo bersin.

Allohumma omin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026