Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >“Fazl” nima? Iltimos, tushuntirib bersangiz.

“Fazl” nima? Iltimos, tushuntirib bersangiz.

Nashr sanasi: July 7, 2025

Savol :

Ustoz, “fazl” nima? Iltimos, tushuntirib bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Fazl — inson zimmasida bo‘lmagan, lekin o‘z ixtiyori bilan qilgan yaxshiligi. Bu Alloh taoloning bandalaridan ko‘rishni yaxshi ko‘radigan husni xulqlardan biridir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Fazl — arab tilida “faḍola” (فَضَلَ) so‘zidan olingan bo‘lib, “ortiqchalik”, “ziyodalilik” degan ma’noni anglatadi. Ya’ni, inson zimmasiga vojib bo‘lmagan, lekin u bajargan ortiqcha yaxshilik — fazl deyiladi.

Masalan, biror kishiga tarozida to‘g‘ri o‘lchab berish adolat bo‘ladi. Ammo o‘lchovga yana bir oz qo‘shib, ustidan ortiqcha berish — bu fazl hisoblanadi. Dehqonlarning “tarozida o’lchayotganda ortiqcha ustidan tashlash” odati ham shunga misol bo‘ladi — bu ortiqcha yaxshilikdir.

Fazl faqat mol yoki o‘lchovda emas — xulqda, xizmatda, yordamda, va hatto muomalada ham bo‘ladi. Masalan, kelinning qaynota-qaynonaga xizmat qilishi — ba’zi ulamolarga ko‘ra vojib emas, fazldir. Ya’ni bu insoniylik, odob, muruvvat belgisi sifatida ko‘riladi.

Demak, fazl — inson zimmasida bo‘lmagan, lekin o‘z ixtiyori bilan qilgan yaxshiligi. Bu Alloh taoloning bandalaridan ko‘rishni yaxshi ko‘radigan husni xulqlardan biridir.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026