Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Farzandimizni shahmat to‘garagiga bersak bo‘ladimi?

Farzandimizni shahmat to‘garagiga bersak bo‘ladimi?

Nashr sanasi: April 21, 2026

Savol :

Farzandlarimizni shaxmat to‘garagiga yuborsak bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar farzandingizni biror to‘garakka bermoqchi bo‘lsangiz: foydali sportga foydali ilmga berganingiz ma’qul.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Endi undan ko‘ra farzand — bir omonat. Uni foydali to‘garakka jo‘natsangiz yaxshi bo‘ladi. Sport to‘garaklariga yuboring, masalan, badan sog‘lom bo‘ladi, baquvvat bo‘ladi farzandlar.

Shaxmatda esa vaqt o‘tadi, umr o‘tadi. Ulamolar bu haqda ixtilof qilganlar. Shaxmat masalasida turli qarashlar bor.

Shofi’iy rahimahulloh bu o‘yinni aqlni ishlatadi deb, muboh deganlar.

Lekin sharti bor:

  • shariy amallardan to‘sib qo‘ymasligi kerak
  • namozdan to‘sib qo‘ymasligi kerak
  • yaxshiliklardan chalg‘itmasligi kerak

Agar, masalan, namoz vaqtlariga rioya qilib o‘ynalsa, bu muboh hisoblanadi.


Lekin shaxmat haykalchalardan iborat. Odam shu haykalchalar oldida termilib o‘tiradi.

Ali roziyallohu anhu bir kuni shaxmat o‘ynayotgan odamlar oldidan o‘tib, shunday degan ekanlar:

«مَا هَذِهِ التَّمَاثِيلُ الَّتِي أَنْتُمْ لَهَا عَاكِفُونَ؟»

Ya’ni:

“Bu qanday haykallar, sizlar ularning oldida termilib o‘tiribsizlar?”

Bu aslida Ibrohim alayhissalomning butparastlarga aytgan so‘zlariga o‘xshash ma’no.

Ya’ni:

“Bu butlar sizlarga nima beradi?”

Ali roziyallohu anhu bu holatni o‘sha ma’noga qiyos qilganlar.


Haqiqatdan ham bu o‘xshashlik bor:

odam haykalchalar oldida termilib o‘tiradi.


Lekin aytganimizdek, bu ixtilofli masala:

  • ba’zilar makruh degan
  • Shofi’iy rahimahulloh muboh deganlar

Ammo bir narsa aniq:

bu ishda lag‘v (foydasizlik) borligida deyarli hamma ittifoq qilgan.


Endi umrni shunga sarflagandan ko‘ra:

  • farzandingizni Qur’on o‘rganishga bering
  • foydali ilmga yo‘naltiring
  • foydali sport bilan shug‘ullantiring

Masalan:

  • suzishni o‘rgating
  • yugurtiring
  • badanini chiniqtiring

Shaxmatda esa badan chiniqmaydi. To‘g‘ri, aqliy mashq bo‘lishi mumkin, lekin bu ham ma’lum darajada.

Biz juda shaxmat o‘ynab, jamiyatga katta foyda keltirgan odamlarni ko‘rganimiz yo‘q.

Aksincha, ba’zilar butun vaqtini shunga sarflab, foydasiz bo‘lib qoladi.


Shaxmat o‘ynab:

“Mana shu ixtironi qildi” degan odamni ham ko‘rganimiz yo‘q.

Savol:

Soatlab shaxmatga qarab o‘tirgan odam — haqiqatan aqlli hisoblanadimi?


Alloh bergan umr xuddi qum soatdek:

asta-sekin kamayib bormoqda.

Bir o‘tirishda shaxmatni soatlab o‘ynash mumkin.

Shu vaqt ichida odam:

  • qancha Qur’on o‘qishi mumkin
  • qancha ilm olishi mumkin
  • qancha foydali ish qilishi mumkin

Hatto ko‘chani supurish ham foydali ish:

jamiyat toza bo‘ladi, muhit yaxshilanadi.


Shuning uchun:

bu narsani mutlaqo harom demaymiz, lekin foyda nuqtai nazaridan qaralsa, undan ko‘ra foydaliroq ishlar bor.


Agar farzandingizni biror to‘garakka bermoqchi bo‘lsangiz:

  • foydali sportga
  • foydali ilmga

berganingiz ma’qul.


Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Tipratikan go‘shti va qonidan davo maqsadida foydalanish joizmi?

    April 20, 2026
  • Namozda yaqinlarni nomma-nom aytib duo qilish kerakmi?

    April 17, 2026
  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026