Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Erning va’dasi va islom

Erning va’dasi va islom

Nashr sanasi: September 9, 2025

Savol :

Erkak kishi ayoliga bergan va’dasini bajarmasa bo‘ladimi? Bu islomda joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ayolni qadrlash, unga berilgan so‘zda turish, va’dani bajarish – bu mo‘minning vazifasi. Bu nafaqat erlik vazifasi, balki mo‘minlik vazifasidir. Qur’onda Alloh taolo aytadi: “Ey iymon keltirganlar, ahdlaringizga vafo qilinglar.” Ahd – bu til bilan aytilgan, so‘z bilan berilgan va’dalar, shartlardir. Shularda turish, ularga vafo qilish farzdir.

Nega joiz deyiladi bu? Ayol kishi faqatgina ayolligi yoki bolalarning onasi sifatida emas, balki musulmon singlisi sifatida ham qaraladi. Musulmon odam lafzida turishi kerak. Musulmon odam begonalarga bergan gapini qanchalik bajarishi kerak bo‘lsa, xotiniga aytgan gapini ham shunchalik bajarishi lozim.

“Xotiniga aytib ketaversa bo‘ladi, aldasa bo‘ladi, ahmoq qilib yursa bo‘ladi” degan tushuncha – bu bizning mentalitetdagi johil odamlarga xos tushuncha. Bu – xotinga qadr-qiymat bermaydigan, dini noto‘g‘ri tushunadigan, noto‘g‘ri talqin qiladigan odamlarning qarashidir.

Ayolni qadrlash, unga berilgan so‘zda turish, va’dani bajarish – bu mo‘minning vazifasi. Bu nafaqat erlik vazifasi, balki mo‘minlik vazifasidir.

Agar erkak nikohlashdan oldin ham ayoliga va’da bergan bo‘lsa, bu yanada ta’kidli bo‘ladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytganlar:
“Ahaqqu ma wafaytum bihi minash-shurūt, mastahlaltum bihil furūj”
ya’ni: “Eng ko‘p vafo qilishingiz lozim bo‘lgan shartlaringiz – nikoh paytida qo‘ygan shartlaringizdir.”

Demak, to‘yda yoki undan oldin “shunday qilib beraman, bunday qilib beraman” deb va’da qilgan bo‘lsa-yu, keyin bajarmasa, bu odam harom ish qilgan, zulm qilgan bo‘ladi.

Shuning uchun erkaklarga xossatan vasiyatim: biz bu masalada jiddiyroq bo‘lishimiz kerak. Ayniqsa, biz o‘zbeklarda “xotinni aldasa bo‘laveradi, va’da berib bajarmasa ham bo‘laveradi” degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud.

Bu qayerda mo‘minlik? Erkaklik, rujullik qayerda qoladi? So‘zida turmagan, va’dasini bajarmagan odamning gaplari jamiyatda qadrsiz bo‘lib qoladi. Shunday qilib, yolg‘onchilarga aylanib qolish xavfi tug‘iladi.

Qur’onda Alloh taolo aytadi:
“Ey iymon keltirganlar, ahdlaringizga vafo qilinglar.”

Ahd – bu til bilan aytilgan, so‘z bilan berilgan va’dalar, shartlardir. Shularda turish, ularga vafo qilish farzdir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026