Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Erkak kishi sochini uzun qilib qo’yishi.

Erkak kishi sochini uzun qilib qo’yishi.

Nashr sanasi: May 26, 2025

Savol :

Erkak kishi sochini uzun qilib qo‘ysa va bu odamlarga ma’qul kelmasa, u holda bunday qilishi joiz bo‘laveradimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Sochni uzun qo‘yish joiz, lekin parvarishlash, satr va odobni saqlash, va jamiyat urfiga zid bo‘lmaslik lozim. Aks holda, bu fazilatli ish noto‘g‘ri ko‘rinishga aylanib qolishi mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Vallohu a’lam, bu holatda sochni uzun qo‘yish joiz bo‘lsa-da, urfga ham rioya qilish afzalroq. Chunki inson jamiyat ichida yashaydi, obro‘-e’tibori bor, farzandlari bor. Unga odamlar qanday qaraydi, qanday baho beradi — bu ham e’tiborga olinadi. Shuning uchun kiyinish, yurish-turish va tashqi ko‘rinishda urfga zid bo‘lmagan tarzda yurish, shariat maqsadlaridan hisoblanadi.

Lekin agar urf shariatga zid bo‘lsa, unday urfga rioya qilinmaydi. Masalan, to‘ylarda aroq ichish odatga aylangan bo‘lsa, bu urfga ergashib bo‘lmaydi. Shariatga muvofiq urf — qadrlanadi, zid bo‘lsa — rad etiladi.

Erkak kishining sochini uzun qilishida asal sunnatga muvofiqlik bor, chunki Rasululloh ﷺning ham uzun sochlari bo‘lgan. Sahobalarning ko‘pchiligida ham uzun soch bo‘lgan. Shuning uchun uzun soch qo‘yish shariatda man qilingan emas, balki sunnat az-zavoid (“Sunnatdagi ortiqcha fazilatli amallar” ) hisoblanadi.

Ammo bu ishda odamlar taqlid qiladigan darajada g‘alati ko‘rinish, shaytonga o’hshab (masalan, sochini to‘zitib yurish, yuziga tushirib yurish) bo‘lsa, bu narsa Rasululloh ﷺ tomonidan qoralangan:

“Sizlar birlaring shaytonga o‘xshab yuradimi, sochi to’zib?” — deb tanbeh berganlar.

Agar kimdir soch qo‘ysa, uni ikrom qilsin, ya’ni boshini yopib yursin, salla yoki do‘ppi bilan. Rasululloh ﷺ doim bosh kiyim bilan yurganlar.

Xulosa:
Sochni uzun qo‘yish joiz, lekin parvarishlash, satr va odobni saqlash, va jamiyat urfiga zid bo‘lmaslik lozim. Aks holda, bu fazilatli ish noto‘g‘ri ko‘rinishga aylanib qolishi mumkin.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026