Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Erim yangi yilga shashlik uchun qiyma sotadi…

Erim yangi yilga shashlik uchun qiyma sotadi…

Nashr sanasi: July 18, 2026

Savol :

Ustoz, erim Yangi yil arafasida shashlik uchun go’shtni qiyma qilib sotadi. “Qilmang”, desam, gapimga e’tibor bermayapti. Men ham bu ishda erimga yordam beraman. Shu sabab gunohkor bo’lamanmi? Erimga itoat qilmasam, oilamizda muammo chiqadi.

Nima maslahat berasiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar eringizning kasbi doimiy ravishda go’sht sotish yoki shashlik uchun go’sht tayyorlash bo’lsa va u bu ishni yil davomida qiladigan bo’lsa, Yangi yil arafasida ham shu ishini davom ettirishi o’z-o’zidan muammo bo’lmaydi.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Agar eringizning kasbi doimiy ravishda go’sht sotish yoki shashlik uchun go’sht tayyorlash bo’lsa va u bu ishni yil davomida qiladigan bo’lsa, Yangi yil arafasida ham shu ishini davom ettirishi o’z-o’zidan muammo bo’lmaydi.

Go’shtni xarid qilayotgan odam uni nima maqsadda ishlatayotgan bo’lsa, buning javobgarligi o’z zimmasida bo’ladi.

Masalan, taksichi Yangi yil kuni ham ishlaydi, qassob go’sht sotadi, novvoy non pishiradi. “Bayram bo’lyapti” deb ularning barchasi ishini to’xtatishi shart emas. Bunday talab odamlarni qiyinchilikka soladi.

Lekin bayramning o’zini qo’llab-quvvatlash, uning shodiyonasiga hissa qo’shish boshqa masala.

Masalan, Yangi yil bezaklarini sotish, archa bezash uchun buyumlar tarqatish yoki bayramni yanada nishonlashga xizmat qiladigan ishlarda qatnashish — bu to’g’ri emas.

Ammo inson o’zining odatiy, halol kasbini davom ettirayotgan bo’lsa, bu boshqa hukmga kiradi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026