Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Er ayoliga bolani davolatish uchun bergan pulini bolaning boshqa ehtiyojiga sarflasa bo‘ladimi?

Er ayoliga bolani davolatish uchun bergan pulini bolaning boshqa ehtiyojiga sarflasa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: March 30, 2026

Savol :

Ustoz, er ayoliga bolani doktorga olib borgin deb pul bersa, ayol bu pulni bolaning boshqa ehtiyojiga ishlatsa, masalan bolaga kiyim yoki boshqa kerakli narsalar olsa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu, umumiy holatda, joiz emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu, umumiy holatda, joiz emas.

Chunki er ma’lum maqsad uchun pul bergan bo‘lsa, bu pul ayolning qo‘lida omonat hisoblanadi. Shuning uchun ayol o‘sha pulni aynan aytilgan maqsadga ishlatishi kerak.

Lekin agar doktorga ehtiyoj bo‘lmasa yoki keyinga qoldirilsa, shu bilan birga bola boshqa zarur ehtiyojga muhtoj bo‘lsa va er bu ehtiyojni qondirmayotgan bo‘lsa, zarurat sabab o‘sha pulni boshqa muhim ehtiyojga ishlatish mumkin.

Ammo agar er barcha ehtiyojlarni ta’minlab turgan bo‘lsa, ayol “doktorga olib boraman” deb pul olib, uni boshqa narsaga ishlatsa, bu aldov hisoblanadi. Bu yolg‘on va erning moliga xiyonat bo‘ladi.

Shuning uchun bu masalada halollik va ochiqlik bo‘lishi kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • “Bir gunohni qilsam, 3 kun ro‘za tutaman” deb qasam ichgan va ro‘zalari yillarga teng bo‘lib ketgan odam nima qiladi?

    April 2, 2026
  • Kuyovimning o‘g‘li o‘zining onasi bilan emas, qizim bilan yashashi to‘g‘rimi?

    March 31, 2026
  • Bachchabozlikdan tavba qilgan kishiga shar’iy jazo qo‘llanadimi?

    March 30, 2026
  • Johil saxiy Allohga baxil obiddan sevimliroqmi?

    March 28, 2026
  • Firmaga yolg‘ondan odam taklif qilib bonus olish haqida.

    March 28, 2026
  • Sahobalar bitta ayoli bor kishiga past nazar bilan qarashganmi?

    March 28, 2026