Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >EKO sohasida ishlash joizmi?

EKO sohasida ishlash joizmi?

Nashr sanasi: July 4, 2026

Savol :

Ustoz, singlim tibbiyot sohasida o‘qigan va endi ish boshlamoqchi. U EKO (sun’iy urug‘lantirish) yo‘nalishida ishlamoqchi.

Bir birodarimiz: “Bu sohada ishlashing joiz emas. Chunki sen go‘yoki yaratuvchilikka da’vo qilgan bo‘lasan. Ba’zi oilalarning bitta farzandi bo‘lsa ham, EKO qildiramiz deb kelishadi. Ularga ham xizmat ko‘rsatishing mumkin emas,” deb aytdi.

Agar bu ish shar’an joiz bo‘lmasa, singlim: “Alloh rizosi uchun boshqa yo‘nalishni tanlayman,” dedi.

Shu sohada ishlashi joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar o‘zi shar’an harom bo‘lgan ishlarda ishtirok etmasligiga, qo‘l urmasligiga harakat qilsa, bu sohada ishlashi joiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar o‘zi shar’an harom bo‘lgan ishlarda ishtirok etmasligiga, qo‘l urmasligiga harakat qilsa, bu sohada ishlashi joiz.

Tibbiyot sohasida ayol shifokor va mutaxassislarning bo‘lishi ummat uchun zaruratdir.

Masalan, akusherlik, ginekologiya, stomatologiya va shunga o‘xshash yo‘nalishlarda ayol bemorlarni ayol mutaxassis ko‘rishi afzal.

Agar barcha ayollar: “Nomahramlar orasida ishlamaymiz,” deb bu kasblarni tark etsalar, musulmon ayollar katta qiyinchilikka tushib qoladilar.

Shuning uchun bu masalaning ikkinchi tomonini ham hisobga olish kerak.

Agar ishlayotgan joyida ba’zi shar’iy jihatdan noto‘g‘ri holatlar uchrashi ehtimoli bo‘lsa, imkon qadar ularga aralashmaslikka, harom ishlarda ishtirok etmaslikka harakat qiladi.

Niyatini ham to‘g‘rilaydi. Ya’ni: “Musulmon opa-singillarimga xizmat qilayapman, ularning shar’iy ehtiyojlarini chiqarishga yordam berayapman,” degan niyat bilan ishlaydi.

EKO muolajasining o‘zi ham har doim harom emas. U o‘zining shar’iy shartlari bilan joiz bo‘ladigan holatlar ham bor. Shuning uchun bu sohada ishlashning o‘zi, avtomatik tarzda, harom bo‘lib qolmaydi.

Albatta, agar bundan ham shar’iy jihatdan xotirjamroq va o‘zi uchun yaxshiroq boshqa mutaxassislik topa olsa, bu yanada afzal bo‘ladi.

Lekin umuman olganda, bunday sohalarda ham ayol mutaxassislarning bo‘lishi zarur. Masalan, EKO jarayonining ayollarga oid bosqichlarini ayol mutaxassis bajarishi musulmon ayollar uchun yengillikdir.

Shuning uchun imkon qadar taqvo bilan ish tutadi, harom ishlardan chetda bo‘ladi va Alloh taologa tavakkal qiladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026