Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Birovning bekor turgan pulini olib, tijoratga ishlatish

Birovning bekor turgan pulini olib, tijoratga ishlatish

Nashr sanasi: August 28, 2025

Savol :

Bir kishining bekor turgan pulini olib, boshqa bir kishining tijoratiga muzorabaga berib, foydasini olganda, shu foydadan o‘ziga ulush olib qolsa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Pulning egasidan ruxsat olib qilish kerak bo‘ladi. Aks holda bu “omonat narsaga ta’addiy qilgan ya’ni haddidan oshgan ” bo’ladi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalam ‘ala rasulillahi va ba’d. Uni o‘sha narsaning egasidan ruxsat olib qilish kerak bo‘ladi. Agar u “foyda olaman” deb bergan bo‘lsa, bu birovning puliga ta’addiy qilgan, ya’ni haddidan oshgan bo‘ladi. Olingan foydani o‘ziga ishlatmaydi, balki bir yaxshilik yo‘liga sarflab yuborishi kerak bo‘ladi.

Ammo foyda olayotgan bo‘lsa, albatta bu pulning egasidan ruxsat olib, undan keyin o‘rtaga tushib foyda olsa bo‘ladi. Bo‘lmasa, bu “omonat narsaga ta’addiy qilish” deyiladi. Masalan, men sizga pul berib qo‘ysam, u pul sizda turishi o‘rniga siz uni boshqalarga berib aylantirib ishlatsangiz, mening pulim ko‘payyapti. Xuddi shunga o‘xshaydi: men sizga bir mol berdim, u mol tug‘di, siz esa bolasini olib qolib, menga faqat onasini qaytaryapsiz. Men uning tug‘ganini bilmayman. Sizda u mol tug‘gan bo‘lsa-da, men bilmaganman, siz esa faqat molning o‘zini qaytarib berayapsiz. Pulning aylanib ko‘paygani xuddi mol tug‘gandek gap. Qancha ko‘paygan bo‘lsa, baribir pul egasiniki bo‘ladi.

Shuning uchun pul egasini bu yerda xabardor qilish kerak. “Mana, pulingiz oborot bo‘ldi, shuncha ko‘paydi”, deb aytiladi. Agar pul egasi: “Nima qilsangiz, men ham shunga sherik bo‘laman, ikkovimiz foyda qilamiz”, desa — muammo yo‘q. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026