Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Bir oilasidan bolalari bor er boshqa oilasidan farzand ko’rishni hahlamasa ayoliga zulm qilgan bo’ladimi?

Bir oilasidan bolalari bor er boshqa oilasidan farzand ko’rishni hahlamasa ayoliga zulm qilgan bo’ladimi?

Nashr sanasi: August 24, 2025

Savol :

Bir kishi qiz bolaga uylangan, ammo ayoli uch-to‘rt yildan beri farzandli bo‘lmadi. U kishining boshqa ayollaridan farzandlari bor. Bu kishi ayoliga zulm qilgan bo‘ladimi? Ayolning farzand ko‘rishi erkakning xohishiga bog‘liqmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar er farzand ko‘rishning oldini olayotgan bo‘lsa, albatta zulm qilgan bo‘ladi. Shuning uchun imkon qadar er o‘sha xotini bilan farzand ko‘rishga sabab bo‘ladigan vositalarni qilishga, yo‘lini ochib berishga harakat qilishi kerak.

Bismillah, alhamdulillah, vassalotu vassa’lam ‘ala rasulillahi va ba’d.
Agar er: “Mening boshqa ayolimdan farzandlarim bor-ku”, deb sovuqqonlik bilan qarayotgan bo‘lsa yoki farzand ko‘rishning oldini olayotgan bo‘lsa, albatta zulm qilgan bo‘ladi. Chunki erkakning boshqa xotinidan bolalari bo‘lsa ham, bu uylangan ayolning ham farzand ko‘rishga haqqi bor.

Ayol ham farzand ko‘rgisi keladi, zurriyot qoldirishni xohlaydi. Agar er bunga to‘sqinlik qilsa, u zulm qilgan bo‘ladi. Shuning uchun imkon qadar er o‘sha xotini bilan farzand ko‘rishga sabab bo‘ladigan vositalarni qilishga, yo‘lini ochib berishga harakat qilishi kerak.

Agar er: “Mening bolalarim bor-ku, hammamizga shu yetadi”, desa, bu ham olgan xotiniga zulm qilish bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Tunda ishlash xatomi?

    July 25, 2026
  • “Dinda haraj yo‘q” deyish bilan sustkashlik chegarasi.

    July 24, 2026
  • Gigienaga amal qilish hukmi.

    July 24, 2026
  • Erim vatanda qolgan onamni ziyorat qilishga yubormaydi…

    July 24, 2026
  • Urfga ko‘ra ota uyi kichik farzandga qolishi to‘g‘rimi?

    July 24, 2026
  • Singlimning noshar’iy o‘tadigan to‘yiga bormasligimga ota-onam ko‘nmayapti…

    July 23, 2026