Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Bir majlisda «bir taloqsan, ikki taloqsan, uch taloqsan» deyish uch taloq hukmiga tushadimi?

Bir majlisda «bir taloqsan, ikki taloqsan, uch taloqsan» deyish uch taloq hukmiga tushadimi?

Nashr sanasi: May 31, 2025

Savol :

Turmush o‘rtog‘im bilan kelisha olmay qolgan edik. Javobimni berishini talab qildim. U avval og‘zaki ravishda: “Javobingni berdim” dedi, men esa ketdim. Keyinroq u menga telefon orqali “bir taloqsan”, “ikki taloqsan”, “uch taloqsan” degan ovozli xabar yubordi. Savolim: bu bir majlisda aytilgan uch taloq sanaladimi yoki ta’kidlash sifatida aytilgan bitta taloq hisoblanadimi? Oilani saqlab qolishimiz mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holatda ulamolarning ko‘pchiligi fikriga ko‘ra faqat bitta taloq tushgan hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatda ulamolarning ko‘pchiligi fikriga ko‘ra faqat bitta taloq tushgan hisoblanadi. Chunki:

  • “Javobingni berdim” degan ibora taloq niyatida aytilgan bo‘lsa, u taloq hisoblanadi.

  • Ortidan aytilgan “bir taloqsan, ikki taloqsan, uch taloqsan” so‘zlari esa birinchi aytilgan taloqni ta’kidlash, ya’ni kuchaytirish ma’nosida bo‘ladi.

  • Bu so‘zlar bir majlisda, ya’ni bir vaqtda aytilganligi sababli, ularning barchasi bir taloq deb qaraladi.

Agar bu voqea yaqin kunlarda ro‘y bergan bo‘lsa va siz idda muddatida bo‘lsangiz, eringiz sizni nikohsiz qaytib olish huquqiga ega. Agar idda muddati tugagan bo‘lsa, u holda yangi nikoh bilan qaytishingiz mumkin.

Shuningdek, agar undan oldin boshqa taloqlar bo‘lmagan bo‘lsa, sizlarning orangizda ikki taloq haqi saqlanib qoladi, va oilani saqlab qolish mumkin.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026