Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Bilmasdan harom go‘sht yeb qo‘ysa nima qilish kerak?

Bilmasdan harom go‘sht yeb qo‘ysa nima qilish kerak?

Nashr sanasi: May 21, 2025

Savol :

Ustoz, bir kishi bilmasdan dinimizda harom qilingan hayvon go‘shtini yeb qo‘ygan bo‘lsa, buning kafforati nima? Yoki bu faqat tavba bilan yuviladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar bilmay yeb qo‘ygan bo‘lsa, bu narsa insha Alloh kechiriladi. Bunday holatda tavba qilib, ko‘proq yaxshi amallar qilishga harakat qiling. Alloh taolo aytadi: “Innal hasanātu yuzhibnas-sayyi’āt” – ya’ni “Yaxshi amallar yomonliklarni ketkazadi.” Agar yegan narsa yaqinda bo‘lsa, qusib tashlagani afzalroq. Faqat bundan keyin bu masalada yanada ehtiyotkor bo‘ling, har bir luqmangiz halol bo‘lishiga jiddiy e’tibor bering. Vallohu a’lam.

Bismillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillahi, va ba’d.

Agar bilmay yeb qo‘ygan bo‘lsa, bu narsa insha Alloh kechiriladi. Bunday holatda tavba qilish kifoya qiladi. Buning uchun maxsus kafforat belgilanmagan, chunki u harom narsani bilmay iste’mol qilgan.

Agar u yegan narsa yaqinda bo‘lsa, qusib tashlagani afzalroq. Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) ham bir safar harom narsani bilmay yeb qo‘yganlarida, qo‘llarini tomog‘lariga tiqib qusib tashlagan holatlari bo‘lgan. Agar imkon bo‘lsa, shunday qilgan ma’qul. Ammo agar vaqt o‘tib ketgan, u narsa hazm bo‘lib, anchadan beri o‘tgan bo‘lsa, unda bo‘lib o‘tgan ish bo‘libdi.

Endi bundan keyin tavba qilib, ko‘proq yaxshi amallar qilishga harakat qiling. Alloh taolo aytadi: “Innal hasanātu yuzhibnas-sayyi’āt” – ya’ni “Yaxshi amallar yomonliklarni ketkazadi.”

Agar bu ish bilmasdan sodir bo‘lgan bo‘lsa, insha Alloh gunoh yozilmaydi. Faqat bundan keyin bu masalada yanada ehtiyotkor bo‘ling, har bir luqmangiz halol bo‘lishiga jiddiy e’tibor bering.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025