Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Bachchabozlikdan tavba qilgan kishiga shar’iy jazo qo‘llanadimi?

Bachchabozlikdan tavba qilgan kishiga shar’iy jazo qo‘llanadimi?

Nashr sanasi: March 30, 2026

Savol :

Bachabozlik qilgan odam tavba qilsa va bu ishiga umuman qaytmasa, shunda ham unga shariatda belgilangan jazo qo‘llanadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shariatda belgilangan jazolar, masalan bachabozlik, zino, aroq ichish yoki o‘g‘irlik kabi jinoyatlar uchun qo‘llanadigan jazolarning o‘z shartlari bor. Bu jazolarni qo‘llash uchun shar’iy sud, ya’ni qozi bo‘lishi, jinoyat isbotlanishi, barcha shartlar to‘liq bajarilishi kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Shariatda belgilangan jazolar, masalan bachabozlik, zino, aroq ichish yoki o‘g‘irlik kabi jinoyatlar uchun qo‘llanadigan jazolarning o‘z shartlari bor. Bu jazolarni qo‘llash uchun shar’iy sud, ya’ni qozi bo‘lishi, jinoyat isbotlanishi, barcha shartlar to‘liq bajarilishi kerak.

Agar bu shartlar topilmasa, hech kim o‘zicha jazoni qo‘llashga haqli emas. Bu Allohning hukmini inkor qilish emas, balki uning shartlari topilmaganligi uchundir.

Hozirgi kunda ko‘p joylarda bunday shar’iy tizim to‘liq mavjud emas. Shuning uchun bu jazolar amalda qo‘llanmayapti. Bu masala xuddi juma yoki hayit namozlarining shartlari topilmasa ado etilmasligiga o‘xshaydi.

Ikkinchi masala — banda bilan Alloh o‘rtasidagi gunoh.

Agar inson chin dildan tavba qilsa, Alloh taolo har qanday gunohni kechiradi. Bu haqda Qur’onda ko‘plab oyatlar kelgan:

۞ قُلْ يَـٰعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ أَسْرَفُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا۟ مِن رَّحْمَةِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَغْفِرُ ٱلذُّنُوبَ جَمِيعًا ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ

Sen (Mening tarafimdan): «Ey, o`z jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo`lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag`firat etar. Albatta, Uning O`zi o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir», deb ayt.

Surah Az-Zumar 53 oyat.

Hatto Rasululloh sallallohu alayhi vasallam zamonida Islomga qarshi eng katta jinoyatlarni qilgan odamlar ham tavba qilib, keyinchalik buyuk sahobalarga aylanganlar. Masalan, Ikrima ibn Abu Jahl, Xolid ibn Valid, Abu Sufyon va boshqalar.

Demak, inson qanchalik katta gunoh qilmasin, agar chin tavba qilsa, Alloh uni kechiradi.

Faqat bir muhim istisno bor: agar inson shirk ustida tavbasiz o‘lsa, Alloh uni kechirmaydi. Ammo tavba qilsa, shirkni ham kechiradi.

Qolgan gunohlar esa Allohning ixtiyorida. U xohlasa kechiradi, xohlasa jazolaydi.

Agar gunoh banda bilan banda o‘rtasida bo‘lsa, masalan birovning haqqi yeyilgan bo‘lsa, u holda faqat tavba yetarli emas. O‘sha haqqni egasiga qaytarish yoki undan kechirim olish kerak.

Xulosa
Agar inson chin tavba qilsa, Alloh uning gunohini kechiradi. Dunyoviy jazolar esa faqat shar’iy shartlar to‘liq bo‘lganda qo‘llanadi.

Vallohu a’lam

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • “Bir gunohni qilsam, 3 kun ro‘za tutaman” deb qasam ichgan va ro‘zalari yillarga teng bo‘lib ketgan odam nima qiladi?

    April 2, 2026
  • Kuyovimning o‘g‘li o‘zining onasi bilan emas, qizim bilan yashashi to‘g‘rimi?

    March 31, 2026
  • Er ayoliga bolani davolatish uchun bergan pulini bolaning boshqa ehtiyojiga sarflasa bo‘ladimi?

    March 30, 2026
  • Johil saxiy Allohga baxil obiddan sevimliroqmi?

    March 28, 2026
  • Firmaga yolg‘ondan odam taklif qilib bonus olish haqida.

    March 28, 2026
  • Sahobalar bitta ayoli bor kishiga past nazar bilan qarashganmi?

    March 28, 2026