Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayolining solih amalidan eriga ulush bormi?

Ayolining solih amalidan eriga ulush bormi?

Nashr sanasi: July 1, 2025

Savol :

Ayolning solih amallaridan erga ham doim ulush borib turadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar er o‘sha amallarga sababchi yoki yordamchi bo‘lgan bo‘lsa, ajr oladi. Aks holda, har kim faqat o‘z amalining mukofotini oladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ayolning solih amalida hissasi bo‘lsaha, erga ham ulush borib turadi. Agar hissador bo‘lsa. Ammo agar hissador bo‘lmasa, bu ayolning solih amali faqat o‘ziga tegishli bo‘ladi. Chunki er bo‘lish, albatta, uning amallariga sherik bo‘ldi degani emas.

Agar er xotiniga solih amal qilishi uchun sharoit yaratib bergan bo‘lsa, masalan, uni o‘qishga, ilm olishga, Qur’on yodlashga, ibodat qilishga, xayrli ishlar qilishga rag‘batlantirgan, yordam bergan bo‘lsa — u holda erga ham ajr bo‘ladi. Ya’ni er o‘sha solih amalga sababchi yoki hissador bo‘lsa, o‘sha hissasi darajasida ajr oladi.

Ammo har bir inson o‘z amali bilan mukofotlanadi. Boshqaning qilgan amali, agar unda hech qanday ishtiroki bo‘lmasa, unga ajr olib kelmaydi. Chunki bu Alloh taoloning qo‘ygan sunnati, qonuni: har bir inson faqat o‘zining qilgan amali evaziga ajr oladi.

Masalan, farzand otasiga ajr olib keladi, chunki u farzandni tarbiyalagan, o‘stirgan, unga sababchi bo‘lgan. Ya’ni otaning unda hissasi bor. Shuning uchun o‘sha farzandning solihligi otasiga ham ajr olib keladi. Ammo er xotinining amallariga sababchi bo‘lmasa, u holda o‘sha amal faqat xotinga yoziladi.

Shunchaki er bo‘lish bilan avtomatik tarzda xotinining amallaridan ajr olish degani emas. Har bir inson o‘z amalining natijasini oladi. Hissasi bo‘lsa — ajr bor. Hissasi bo‘lmasa — yo‘q. Bu Alloh taoloning adolatli tartibi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026