Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayolim bilan ko‘p urushib qolyapmiz, nasihat qiling.

Ayolim bilan ko‘p urushib qolyapmiz, nasihat qiling.

Nashr sanasi: July 10, 2026

Savol :

Oxirgi paytlarda ayolim bilan ko‘p urishib qolamiz.

Janjal payti aytganimni qilmaydi. «Nima qilasiz, urasizmi? Mana, uring», deydigan bo‘lib qoldi. Urishganimizda: «Sizni yaxshi ko‘rmayman, siz menga begona odamsiz», va shunga o‘xshash gaplarni aytadi. Yarashib olganimizdan keyin esa bu gaplarini inkor qiladi.

Ajrashish haqida ham o‘yladik, ammo o‘rtada farzand bor. Xotinimdan ko‘nglim sovib ketdi, menimcha, uning ham mendan ko‘ngli sovigan. Ikkimiz ham ilm tolibimiz. Men asosiy vaqtimni uyda o‘tkazaman. Maslahat bering, nima qilsak bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Siz: «Asosiy vaqtimni uyda o‘tkazaman», deb aytdingiz. Menimcha, muammoning bir qismi shu yerda bo‘lishi mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Siz: «Asosiy vaqtimni uyda o‘tkazaman», deb aytdingiz. Menimcha, muammoning bir qismi shu yerda bo‘lishi mumkin.

Erkak kishi doim uyda bo‘lib qolsa, xotini oldidagi haybati va qadri kamayishi mumkin. Shuning uchun ertalab chiqib, kuningizni ilm bilan, dars bilan yoki foydali mashg‘ulot bilan boshqa joyda o‘tkazing.

Agar ilm tolibi bo‘lsangiz, darslaringizni masjidda yoki boshqa ilm majlislarida davom ettiring. Kechqurun esa xuddi ishdan qaytayotgan odam kabi uyga qayting. Shunda xotiningiz ham sizni sog‘inadi.

Chunki har doim bir-biringizni ko‘rib yuraversangiz, vaqt o‘tishi bilan zerikish paydo bo‘lishi mumkin. Bu esa oiladagi muhabbatga salbiy ta’sir qiladi.

Shu maslahatni bir muddat amalga oshirib ko‘ring. Keyin ham muammo davom etsa, yana maslahat so‘rashingiz mumkin. Balki bunga ehtiyoj ham qolmas.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026