Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol kishining WhatsApp va Telegram tarmoqlarida guruh ochib savdo qilishi.

Ayol kishining WhatsApp va Telegram tarmoqlarida guruh ochib savdo qilishi.

Nashr sanasi: April 19, 2025

Savol :

Ayol turmush o‘rtog‘idan pul so‘rasa, u ko‘pincha “pul yo‘q” deydi. Biror marta o‘zidan kelib chiqib: “Pul kerakmi? Ol,” demaydi. Hozirda juda ko‘pchilik Xitoydan mahsulot buyurtma qilib, ularni WhatsApp va Telegram kabi tarmoqlarda guruhlar ochib sotishyapti. Shu tarzda pul ishlash joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday savdo qilish joiz, ammo faqat erining ruxsati bilan.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Umumiy holatda bu ish joiz, agar shar’an man etilgan narsa sotilmayotgan bo‘lsa, ya’ni harom mahsulotlar bo‘lmasa, ayolning kiyinishida hijobga zid holatlar kuzatilmasa, va savdo qilishda yolg‘on, aldov, nohaqlik bo‘lmasa — bunday savdo bilan shug‘ullanish mumkin.

Lekin bunday holatda erning izni zarur. Chunki ayol erga tekkanidan so‘ng uning tashqaridagi ish-harakatlari erining roziligi bilan bo‘lishi kerak. Er ruxsat bermasa, lekin pul ham bermasa-chi? Agar ayol hayot uchun zarur ehtiyojlar (ovqat, boshpana, kiyim-kechak) bilan ta’minlangan bo‘lsa, lekin u hashamat yoki ortiqcha qulaylik istab savdo qilishni xohlasa, bu holda erining iznisiz savdo qilish joiz emas.

Agar er ruxsat bersa yoki “xo‘p, qilaver” desa — ayolning ishlashi joiz bo‘ladi. Lekin agar ruxsat bermasa, ayol sabr qilishi lozim. Sabr qilishga toqat qilolmasa, eridan ajralishni talab qilishi mumkin. Bu holat oxirgi choradir, shunga yetmasdan oldin sabr qilish, duo qilish, Allohdan turmush o‘rtog‘ining qalbini ochishini so‘rash eng yaxshi yo‘l bo‘ladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025