Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol kishi sochini kessa bo‘ladimi?

Ayol kishi sochini kessa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 9, 2025

Savol :

Soch kesish gunohmi? Axir qiz bolalarning sochi ro‘mol ostidan ko‘rinmaydiku.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ayol kishining soch kesishi mutlaqo harom yoki gunoh deyilgan emas. Aslida, ayolning o‘zini ziynatli va ozoda tutishi shar’an ma’qul holat. Shuning uchun, ayol kishining sochini qisqartirishi — zinatlanish yoki qulaylik uchun bo‘lsa — joiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ayol kishining soch kesishi mutlaqo harom yoki gunoh deyilgan emas. Aslida, ayolning o‘zini ziynatli va ozoda tutishi shar’an ma’qul holat. Shuning uchun, ayol kishining sochini qisqartirishi — zinatlanish yoki qulaylik uchun bo‘lsa — joiz.

Ammo bu masalada shart bor:
Sochni o‘g‘il bolalarnikiga o‘xshatib, juda kalta qilib qo‘ymaslik kerak. Chunki bu erkaklarga o‘xshashlik bo‘lib qoladi. Rasululloh ﷺ aytganlar:

“Erkaklardan ayollarga o‘xshaganlarni ham, ayollardan erkaklarga o‘xshaganlarni ham Alloh la’natlagan.”
(Buxoriy, 5885)

Ya’ni ayol o‘z ayollik nazokatini saqlashi lozim. Sochini shu darajada kalta qilib qo‘yishki, ortidan qaraganda erkak deb adashsa bo‘ladigan holat — bu man etilgan. Ayniqsa sport yoki modaga ergashib, o‘g‘il bolalarga o‘xshab ketadigan tarzda yurish va kiyinish — bu ham la’natlangan holatlarga kiradi.

Sochni qisqartirishga Payg‘ambarimiz ﷺ xotinlaridan Oisha onamizdan dalil bor. U zot Rasululloh ﷺ vafot etganlaridan keyin:

“Endi menga zinat kerak emas”, — deb sochlarini qirqib tashlaganlar.
Bu — o‘zini bezash maqsadi qolmagani uchun qilindi. Demak, zinat uchun sochni chiroyli holga keltirish joiz, lekin bu erkaklarga yoki jahiliyatdagi ayollarga o‘xshash bo‘lmasligi lozim.

Xulosa:
Ayol kishi sochini qisqartirishi yoki tartibga keltirishi joiz. Faqat:

  • Erkaklarga o‘xshab ketmasligi kerak.

  • Zinatlanish yoki qulaylik maqsadida bo‘lishi kerak.

  • Johiliyat ayollariga (moda ortidan yuruvchi mashhuralarga) o‘xshash holat bo‘lmasligi kerak.

Musulmon ayol nazokatli, oriyatli bo‘lishi kerak. Uning tashqi ko‘rinishi ham diniga, hayosiga mos bo‘lishi zarur.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026