Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol eri ruxsat bermagan joyga borsa bo‘ladimi?

Ayol eri ruxsat bermagan joyga borsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: September 9, 2025

Savol :

Ustoz, men sog‘ligim uchun ayollar sport klubiga bormoqchi edim. Lekin erim: “Sport bilan uyda shug‘ullanaver”, deb ruxsat bermayapti. Lekin uyda shug‘ullanishga sharoit yo‘q. Buni aytsam, tushunmayapti. Shu bois, erimga “darsga borayapman” deb sport klubiga borsam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bo‘lmaydi. Bu harom bo‘ladi. Birinchidan, bu yolg‘on hisoblanadi. Ikkinchidan, bu nushuz, ya’ni eriga itoatsizlik bo‘ladi — bormaydigan joyga borish bo‘ladi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalam ‘ala Rasulilloh, va ba’d. Yo‘q, bo‘lmaydi. Bu harom bo‘ladi. Birinchidan, bu yolg‘on hisoblanadi. Ikkinchidan, bu nushuz, ya’ni eriga itoatsizlik bo‘ladi — bormaydigan joyga borish bo‘ladi.

Sportni uyda ham qilish mumkin. “Sharoit yo‘q” deganda, aslida uy sharoitida ham sharoit qilib olsa bo‘ladi. Masalan, sportni yaxshi biladigan odam bilan maslahat qiling, u sizga kichkina xonada ham, ikki metrlik joyda ham qanday qilib sportni samarali qilishni o‘rgatib qo‘yadi. Faqat himmat bo‘lsa, bemalol sport bilan shug‘ullanish mumkin.

Ammo bu boshqa masala. Asosiy narsa — erga itoat qilish. Agar eringiz “bormaysan” dedimi, chiqmaslikka itoat qilishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026