Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Inson jamg‘argan pulini qanday sarflashi kerak?

Inson jamg‘argan pulini qanday sarflashi kerak?

Nashr sanasi: August 11, 2025

Savol :

Inson pulini qanday sarflashi kerak? Zakot chiqarsa, ehson bersa, xayr-saxovat qilsa, shundan keyin ham jamg‘arilgan va ishlatilmagan puli qo‘lda yoki bankda qolsa, nima qilsa to‘g‘ri bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar “Alloh uchun qilaman” desangiz, ehson va xayr ishlari uchun imkoniyatlar juda ko‘p va joylar to‘lib yotibdi. Shunday ekan, barcha farz va vojiblarni ado etganingizdan so‘ng ham pul ortib qolsa, uni oxiratga zaxira bo‘ladigan ishlarga sarflang.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ya’ni, “nima narsani nafaqa qilaylik?” deb so‘ralganda Alloh taoloning so‘zi kelgan:

يَسْأَلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ قُلِ الْعَفْوَ


“Sizdan: ‘Nimani nafaqa qilaylik?’ deb so‘rashadi. Ayting: ‘Ortiqchasini.’” (Baqara, 219-oyat)

Ya’ni, hozir ehtiyojingizdan ortiq narsa bormi? Shuni sarflang. Avvalo ota-ona, qarindoshlar, yetim-yesirlar, beva-bechoralarga bering.

Pul sarflash yo‘llari juda keng: masalan, ota-onaning nomiga yoki o‘z nomingizga vaqf qilishingiz mumkin. Suv chiqazib, ichimlik suvi kerak bo‘lgan joylarga yetkazib berish, kambag‘allarga uy-joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat yetkazish, qarzdorlarni qarzidan qutqarish, yetimlarni tarbiyalash, talabalarga ilm olishlariga yordam berish.

Yana qancha-qancha davolanishga muhtoj kasallar bor — davo uchun yetmagan xarajatlarini to‘lab berish ham katta savob. Shuningdek, masjid, madrasa, islomiy ilm tarqatadigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ham mumkin.

Agar “Alloh uchun qilaman” desangiz, ehson va xayr ishlari uchun imkoniyatlar juda ko‘p va joylar to‘lib yotibdi. Shunday ekan, barcha farz va vojiblarni ado etganingizdan so‘ng ham pul ortib qolsa, uni oxiratga zaxira bo‘ladigan ishlarga sarflang.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026