Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >12 yoshdaman, juma namoziga chiqishim vojibmi?

12 yoshdaman, juma namoziga chiqishim vojibmi?

Nashr sanasi: July 17, 2025

Savol :

Ustoz, men buvimnikida, hujrada turaman. Shu sababli maktabga bormayman. Bizning taraflarda esa farzandini maktabga yubormaslik jinoyat hisoblanadi. Juma vaqtida maktab o‘quvchilari masjiddan topilsa, nega maktabda emassan, deb tergov qilishadi.

Yoshim 12 da, balog‘atga yetganman. Otam hozir qamoqda. Amakim va tog‘am xavfsizlik sababli hozircha jumaga chiqmay tur deyishyapti. Kichik tog‘am esa “senga juma vojib” deb aytyapti. Men nima qilay?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar jumaga chiqish siz yoki yaqinlaringiz uchun xavf tug‘dirsa, bu shar’iy uzr sanaladi va chiqmaslikka ruxsat beriladi. Ammo xavf yo‘q bo‘lsa, balog‘atga yetganingiz sababli jumani o‘qish vojib bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar jumaga chiqish sizga yoki oilangizdagilarga (masalan, amakilaringiz yoki tog‘alaringizga) xavf tug‘dirayotgan bo‘lsa, shariatda bu uzrli holat sanaladi va sizga juma namoziga chiqmaslikka ruxsat beriladi.

Shariatda ba’zi holatlarda jumani tark etishga ruxsat bor:

  • Musofir bo‘lsa,

  • Jismoniy xavf yoki tahdid bo‘lsa,

  • Yomg‘ir yoki sharoit og‘ir bo‘lsa.

Sizning holatingiz — yosh bo‘lsangiz-da, balog‘atga yetgansiz va jumaga borish sharoitingiz xavfli ko‘rinsa, bu uzr sanaladi. Ammo imkon bo‘lsa, albatta, juma namozini o‘qigan ma’qul.

Bundan tashqari, dunyoviy fanlarni o‘rganish ham sizga kerak. Hunarli bo‘lish, ilmli bo‘lish va jamiyatda o‘rningizni topish uchun bu muhim.

Yaxshi o‘ylab ko‘ring: agar jumaga chiqish jiddiy muammo tug‘dirmasa va xavf yo‘q bo‘lsa, albatta chiqing. Ammo xavf bo‘lsa, chiqmaslik joiz. Alloh sizga to‘g‘ri yo‘lni tanlashda tavfiq bersin.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026
  • Qarz olib Haj qilishning hukmi

    July 21, 2026
  • Hajni qarzni to‘lashdan oldin ado etish hukmi

    July 21, 2026
  • Samalyotda namoz o‘qish qoidasi qanday bo‘ladi?

    July 21, 2026
  • Namozga beparvo bo‘lib qoldim, nasihat qiling.

    July 17, 2026