Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Kiyimda sovunni izi qolsa kiyimni be-namoz qiladimi?

Kiyimda sovunni izi qolsa kiyimni be-namoz qiladimi?

Nashr sanasi: December 28, 2024

Savol :

Ustoz, ba’zi kishilar yuvilgan kiyimda sovunning izi qolsa: “Kiyiming yaxshi chayqalmagan, kiyiming be-namoz bo‘libdi”, deyishadi. Kir yuvish vositalari – sovun, kukun, hid beruvchi konditsioner va yumshatgichlarning kiyimda asari qolishi kiyimni be-namoz qiladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobni qisqacha mazmuni: Sovunlarni kiyimda asari qolishi kiyimni be-namoz qilmaydi.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Sovun va shunga o‘xshash narsalar kiyimning pokligiga ta’sir qilmaydi. Agar kiyim yaxshi chayqalmagan bo‘lsa ham, “Kiyiming be-namoz bo‘ldi”, deb aytilmaydi. Buni aytayotgan kishilar garchi ba’zan ba’zi sovunlar masalan, najas bo‘lgan yog‘lardan tayyorlanishi mumkin, deb o‘ylayotgan bo‘lsa ham, yoki rostdanham najas bo‘lgan yog‘lardan tayyorlangan bo‘lsa ham, u tayyorlanish jarayonida boshqa modda holiga o‘tib ketadi, najosat yo‘q bo‘lib ketadi, deyishadi.

Agar sovun aslida najas narsadan tayyorlangan bo‘lsa ham, uni ishlatish jarayonida ta’mi, hidi yoki boshqa xususiyatlari butunlay yo‘qolgan bo‘lsa, najosat hukmida bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, Vallohu a’lam, agar shunga o‘xshash narsalarning asari kiyimda qolib ketsa ham, kiyim najas bo‘ldi, deb aytilmaydi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026