Ustoz, hisob raqamimdagi pulni naqd qilish uchun firmamdan boshqa firmaga 100 million so‘m pul o‘tkazsam, ular menga 95 million so‘m naqd qilib berishadi. O‘rtada 5%, ya’ni 5 million so‘m yo‘q bo‘lib ketadi.
Ular menga so‘mning o‘rniga 95 million so‘mlik dollar berishadi. “So‘m beringlar”, desam: “Yo‘q, ribo bo‘ladi”, deb dollar berishadi. Shu ish to‘g‘rimi? Dollar olsam, ribo bo‘lmaydimi?