Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

Nashr sanasi: August 31, 2026

Savol :

Ustoz, men Rossiyadaman. Men yashayotgan uyda spirtli ichimliklar bor. Shu uyda yashashim va namoz o‘qishim joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Spirtli ichimliklar saqlanadigan va iste’mol qilinadigan uyda doimiy yashashingiz tavsiya qilinmaydi. Imkon qadar bunday joydan chiqib, boshqa munosib joy topishga harakat qilish kerak.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Rasululloh ﷺ spirtli ichimlikka aloqador bo‘lgan o‘n toifa kishini la’natlaganlar. Jumladan, uni ichuvchi, tayyorlovchi, tayyorlatgan, tashuvchi, tashittirgan, sotuvchi, sotib oluvchi va boshqa unga aloqador kishilar zikr qilingan.

Shuning uchun spirtli ichimliklar saqlanadigan va iste’mol qilinadigan uyda doimiy yashashingiz tavsiya qilinmaydi. Imkon qadar bunday joydan chiqib, boshqa munosib joy topishga harakat qilish kerak.

Ammo ba’zan insonning boshqa iloji bo‘lmasligi mumkin. Masalan, samolyotda safar qilamiz. Samolyotda spirtli ichimliklar bo‘lishi va yo‘lovchilarga tarqatilishi mumkin. Hatto yoningizdagi odam ichishi ham mumkin. Siz esa uni to‘xtatishga yoki samolyotdan tushib ketishga qodir emassiz.

Xuddi shuningdek, biror ish yoki safar sababli mehmonxonada vaqtincha turishingiz mumkin. Mehmonxonada spirtli ichimliklar sotiladigan yoki saqlanadigan joylar bo‘lishi mumkin. Lekin sizning bunga aloqangiz yo‘q: borasiz, xonangizda turasiz va ishingiz bitgach chiqib ketasiz.

Yoki avtobusda ketayotganingizda yoningizdagi bir kishi spirtli ichimlik ichishi mumkin. Bunday vaziyatlarda insonning imkoniyati cheklangan bo‘ladi.

Shuning uchun zarurat yoki boshqa iloj bo‘lmagan holatda, boshqa joy topib chiqib ketguningizga qadar u yerda vaqtincha turishingiz mumkin. Lekin imkon bo‘la turib, spirtli ichimliklar saqlanadigan va ichiladigan uyda doimiy yashash to‘g‘ri emas.

Mo‘min kishi yashaydigan va namoz o‘qiydigan joyini imkon qadar gunoh va harom ishlardan pok saqlashga harakat qiladi. Rasululloh ﷺ it bor uyga rahmat farishtalari kirmasligini bildirganlar. Spirtli ichimlik esa Qur’on va Sunnatda qattiq qaytarilgan narsalardandir.

Shu sababli mo‘min kishi imkon topishi bilan bunday muhitdan chiqib, o‘ziga munosib, gunohdan uzoqroq joyda yashashga harakat qiladi.

Ammo boshqa iloji bo‘lmay, vaqtincha o‘sha yerda yashayotgan bo‘lsa, namozni tark qilmaydi. Namozlarini o‘z vaqtida o‘qiyveradi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026
  • Hadislar asosida multfilm yaratib, tarmoqqa joylasam bo‘ladimi?

    August 11, 2026