Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

Nashr sanasi: June 3, 2026

Savol :

Ustoz, men hozir Angliyada ishlayapman. Yoshim 24 da. Ota-onamning yoshlari 54–55 da. Uyga qaytganimda meni uylantirmoqchi ekanliklarini aytishyapti. Men esa ilm olmoqchiman. Menga maslahat bering.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Men sizga shuni tavsiya qilgan bo‘lardimki avval ilm olib, muayyan darajada bilim hosil qilsangiz, keyin oila qursangiz, Allohning izni bilan, uylangandan keyin ham ilmni davom ettirishingiz osonroq bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ya’ni, holatingizga qarash kerak. Bunday masalada aniq bir narsa deyish qiyin, chunki odamlarning holati turlicha bo‘ladi.

Agar o‘zingizda ilmga bo‘lgan qiziqish va rag‘bat kuchliroq bo‘lsa, ilm olishga e’tibor qarating. Agar uylanib ham ilm olish imkoniyati bo‘lsa, ikkalasini jamlashga harakat qiling. Lekin ko‘pincha odam uylangandan keyin oila, ro‘zg‘or va tirikchilik tashvishlari bilan band bo‘lib qoladi.

Agar shunday bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lsa va siz hali 24 yoshda bo‘lsangiz, hamda uylanishga juda katta ehtiyoj sezmayotgan bo‘lsangiz, bir-ikki yil ilm olib, savodingizni chiqarib, halol-haromni o‘rganib olishingiz foydaliroq bo‘lishi mumkin. Chunki yoshlik davri ilm olish uchun eng katta imkoniyat va fursatdir.

Agar nafsingiz va sharoitingiz ko‘tara olsa, men sizga shuni tavsiya qilgan bo‘lardim.

Ya’ni, avval ilm olib, muayyan darajada bilim hosil qilsangiz, keyin oila qursangiz, Allohning izni bilan, uylangandan keyin ham ilmni davom ettirishingiz osonroq bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026
  • Alloh nomiga ichilgan yolg‘on qasam kafforati nima?

    May 5, 2026