Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Musulmonni yomon ko‘rish hukmi.

Musulmonni yomon ko‘rish hukmi.

Nashr sanasi: May 25, 2026

Savol :

Bir odam:
“Men al-valo val-baro degan qoidaga amal qilmayman. Bu shart emas.

Musulmon bo‘lsa ham, menga yoqmasa yomon ko‘raveraman. Sahobalar ham bir-birini yomon ko‘rib urushishgan”, deyapti.

Shu gap to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Al-valo val-baro tushunchasi — bu iymoniy tushunchadir. Ya’ni iymondan kelib chiqadigan narsa.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Al-valo val-baro tushunchasi — bu iymoniy tushunchadir. Ya’ni iymondan kelib chiqadigan narsa.

Modomiki inson Allohni yaxshi ko‘rsa, Allohni yaxshi ko‘rgan odam Allohning do‘stlarini ham albatta yaxshi ko‘radi.

Bu ajralmaydigan narsadir. Ya’ni mutalazim bo‘lgan narsadir.

Bu xuddi daftar varag‘ining ikki tomoni kabi — birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydi.

Modomiki inson Allohga iymon keltirib, Allohni yaxshi ko‘rar ekan:

  • Allohning do‘stlarini yaxshi ko‘radi,
  • Allohning dushmanlarini yomon ko‘radi.

Allohning do‘stlariga do‘stlik qilish — al-valo bo‘lsa, Allohning dushmanlaridan bezor bo‘lish — al-baro bo‘ladi.

Alloh subhanahu va taolo Qur’onda aytadi:

لَّا تَجِدُ قَوْمًۭا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ يُوَآدُّونَ مَنْ حَآدَّ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ  ۚ

Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Alloh va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilarga do`stlik qilganlarini topmassan.
“Mujodala” surasi 22-oyat

Alloh:

“Topolmaysan”, deyapti.

Ya’ni bu narsaning haqiqiy vujudi bo‘lmaydi.

Agar bir odam:
“Men Allohga iymon keltirdim”, desa-yu, keyin:
“Allohning dushmanlarini yaxshi ko‘raman”, desa, demak uning iymonida muammo bor.

Odam o‘z iymonini tekshirib ko‘rsin.

Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan odam:

  • Allohning do‘stlarini yaxshi ko‘radi,
  • Alloh va Rasuliga dushman bo‘lganlarni esa, hatto:
    • ota-onasi bo‘lsa ham,
    • qarindoshi bo‘lsa ham,
    • eng yaqin odami bo‘lsa ham,
      qalban do‘st tutmaydi.

Bu — iymonning lozimlaridandir.

Masalan, bir narsaga yorug‘lik tushsa, uning soyasi ham tushadi. Soyaning tushmay qolishi mumkin emas.

Xuddi shuningdek:
Allohni yaxshi ko‘rgan odam Allohning do‘stlarini yaxshi ko‘radi va Allohning dushmanlarini yomon ko‘radi.

Endi:
“Sahobalar bir-biri bilan urushgan”, degan narsani dalil qilayotgan odam dalilni noto‘g‘ri tushungan bo‘ladi.

Sahobalar bir-birini yomon ko‘rgan emas.

Mo‘min odam:

  • boshqa mo‘min bilan tortishib qolishi mumkin,
  • uni jazolashi mumkin,
  • qilgan amalini yomon ko‘rishi mumkin.

Lekin bu uning iymoni uchun bo‘lgan muhabbatni yo‘qotmaydi.

Masalan:
farzandingiz piyolani sindirib qo‘ydi.

Siz jahlingiz chiqib:

  • koyiysiz,
  • qo‘liga urasiz.

Lekin bolangizni yomon ko‘rib qolmaysiz-ku?

Nega uryapsiz unda?

Qilgan ishidan qaytarish uchun.

Demak:

  • urib turib ham yaxshi ko‘rish mumkin,
  • koyib turib ham muhabbat bo‘lishi mumkin.

Mo‘minlarga ham mana shu qoida ishlatiladi.

Agar odam:
“To‘g‘risi, mo‘minlarni yaxshi ko‘rmayman”, desa, unda iymonida muammo bor.

Demak unga:

  • iymon bilan kufrning farqi yo‘q,
  • din qalbiga kirmagan,
  • ibodatlari odatga aylangan bo‘lishi mumkin.

Masalan:

  • kofir mashhurlarni yaxshi ko‘radi,
  • boylarni havas qiladi,
  • ularning hayotini o‘rganadi,
  • lekin sahobalarni tanimaydi,
  • ummahatul mo‘mininni bilmaydi,
  • qiziqmaydi ham.

Bu esa iymon zaifligining alomatidir.

Agar qalbda haqiqiy iymon bo‘lsa:

  • Alloh,
  • Rasul,
  • sahobalar,
  • mo‘minlar,
  • din
    insonni qiziqtiradi.

Shuning uchun mo‘minni:

  • iymoni uchun yaxshi ko‘ramiz,
  • gunohi uchun yomon ko‘ramiz.

Masalan, musulmon o‘g‘ri o‘g‘rilik qilsa:

  • hadd jazosini oladi,
  • qo‘li kesiladi.

Lekin u musulmon bo‘lsa:

  • janozasi o‘qiladi,
  • duo qilinadi,
  • musulmon birodar deb bilinadi.

Alloh taolo aytadi:

‎إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ

“Albatta, mo‘minlar aka-ukadirlar.”

Demak:

  • mo‘minning iymonini yaxshi ko‘ramiz,
  • gunohini esa yomon ko‘ramiz.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026