Ustoz, men bozorda tijorat bilan shug‘ullanaman. Savdoda ba’zi mijozlar molni arzonroq qilib berishimni so‘rashadi. Men ularga aytgan narxlari to‘g‘ri kelmasligini tushuntiraman, lekin ular meni eshitgisi ham kelmaydi va “arzonroq qilib bering”, deb turib olishadi.
Men aytgan narximdan ham arzon qilib beraman, ular esa undan ham pastroq narx so‘rashadi. Ba’zilari esa men rozi bo‘lmasam ham kamroq pul berib ketishadi.
Shunday xaridorlarga sotadigan narximdan balandroq aytib, keyin o‘zimga to‘g‘ri keladigan narxga tushirib sotsam bo‘ladimi?