Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

Nashr sanasi: May 19, 2026

Savol :

Ustoz, hozirda hamma joyda o‘tirishlar, ziyofatlar, qisqasi maishatga berilish ko‘paygan. Bu o‘tirishlar uchun katta pullar sarflanadi. Deyarli har bir kishining qarindoshlar, do‘stlar, hamkasblar, umrachilar, hojilar, qo‘shnilar va hokazolar bilan alohida oylik ziyofatlari bor.

Qariyb har kimning oyda to‘rt-besh marta shunday bazmlari bo‘ladi. Men o‘rtoqlarimga:
“Bunday bazmlarni kamaytirib, o‘rniga beva-bechoralarga yordam qilaylik”, desam, rozi bo‘lishmaydi. “Silai rahmni uzmaslik kerak”, deyishadi.

Umraga borishdan maqsad ibodat-ku, har oy yig‘ilib osh yeyish emas-ku axir.

Ustoz, silai rahmni tushuntirib bersangiz. Yuqorida zikr qilingan qarindoshlar va o‘rtoqlar bilan silai rahm qay darajada va qay ko‘rinishda bo‘lishi kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yig‘ilib turishning o‘zi yomon emas, silai rahm yaxshi amal, lekin isrofgarchilik va dabdababozlikka o‘tmaslik kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu yaxshi eslatma.

Endi bu narsaning me’yori urfga qarab bo‘ladi. Shariatda:

  • “falon vaqtda albatta yig‘ilib turinglar”,
  • yoki “ziyofatga faloncha pul sarflanglar”
    degan aniq ko‘rsatma yo‘q.

Asosiy qoida:
bu narsalar isrofgarchilikka o‘tib ketmasligi kerak.

Agar urf bo‘yicha haddan oshish, dabdababozlik va isrof bo‘lib qolsa — bu yaxshi emas.

Lekin yig‘ilib turishning foydalari ham bor:

  • silai rahm bo‘ladi,
  • diydorlashish bo‘ladi,
  • suhbat bo‘ladi,
  • bir-biridan xabar olish bo‘ladi.

Agar o‘tirishda ahli ilm bo‘lsa, undan foyda olinadi, savollar beriladi, yaxshi suhbat bo‘ladi. Shu jihatdan oyda bir marta yig‘ilib turishning o‘zi yaxshi narsa.

Yig‘ilgandan keyin bir ovqat qilinsa ham mayli. Baribir odam ovqatni bir joyda yeydi-ku. Lekin:

  • besh xil ovqat qilish,
  • haddan oshish,
  • dasturxonni to‘ldirib tashlash,
  • maqtanish,
  • dabdababozlik
    bo‘lsa, bu isrofga kiradi.

Bu nafaqat yig‘ilishda, odamning o‘zi uchun ham zarar. Odam o‘ziga-o‘zi jabr qilib, ortiqcha yeyishi sog‘lig‘iga ham zarar qiladi.

Shuning uchun me’yor — urf va isrofga ketmaslik.

Umraga borganlar yoki hamsafarlar yig‘ilib ziyofat qilsa ham, buni harom deb bo‘lmaydi. Faqat haddan oshmaslik kerak.

Agar bu narsalar:

  • faqat maishat,
  • faqat ziyofat,
  • faqt dabdaba
    bo‘lib qolsa, bu ibodatdan va ma’naviyatdan chalg‘itadi.

Faqirlar, beva-bechoralar, miskinlarga yordam berishni ham unutmaslik kerak.

Silai rahm ham urf bilan bo‘ladigan narsadir. Ba’zan bir oyda bir yig‘ilish ham yaxshi bo‘lishi mumkin. Masalan:

  • aka-ukalar,
  • opa-singillar
    hamma ish bilan band bo‘lib ketgan bo‘lsa:
    “Hech bo‘lmasa oyda bir marta yig‘ilib turaylik”, desa, bu yaxshi.

Yig‘ilganda ham:
oddiy,
kamtarona,
isrofsiz bir ovqat bo‘lsa kifoya.

Lekin:

  • birinchi ovqat,
  • ikkinchi ovqat,
  • uchinchi ovqat,
  • ustiga yana turli qo‘shimchalar,
  • dasturxon to‘lib-toshib ketishi,
  • qo‘yishga joy qolmasligi
    bu haddan oshishdir.

Kim hammasini yeydi axir?

Ko‘pincha bu:

  • xo‘jamko‘rsin,
  • maqtanish,
  • dabdababozlik
    uchun bo‘lib qoladi.

Alloh taolo oldingi qavmlarni halok qilganini zikr qilib, ularning maishat va dabdabaga berilib ketganini eslatadi.

Bir kosa ovqat bilan odamning qorni to‘yadi. Unga bunchalik dabdaba nima uchun?

Demak:

  • yig‘ilib turishning o‘zi yomon emas,
  • silai rahm yaxshi amal,
  • lekin isrofgarchilik va dabdababozlikka o‘tmaslik kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026
  • Alloh nomiga ichilgan yolg‘on qasam kafforati nima?

    May 5, 2026