Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Eridan yashirib bolalarining nafaqa pulidan mablag‘ orttirgan ayol gunohkor bo‘ladimi?

Eridan yashirib bolalarining nafaqa pulidan mablag‘ orttirgan ayol gunohkor bo‘ladimi?

Nashr sanasi: May 4, 2026

Savol :

Ustoz, bir ayol eridan yashirib, bolalarining nafaqa pullarini to‘rt-besh yil davomida to‘plagan ekan va o‘sha pullarni yashab turgan uylarining ipotekasiga to‘labdi.

Eri: “Bu pulni kim berdi, qayerdan olding?” deb so‘raganda, “Alloh berdi”, deb javob berayotgan ekan. Shu ayolning bu qilgan ishiga gunoh yoziladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar yolg‘on gapirsa, albatta gunoh bo‘ladi. Bu masalada yolg‘on ishlatish to‘g‘ri emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar yolg‘on gapirsa, albatta gunoh bo‘ladi. Bu masalada yolg‘on ishlatish to‘g‘ri emas.

Lekin bolalar uchun berilgan nafaqa pulini yana o‘sha bolalarning foydasi uchun — uylariga sarflagan bo‘lsa, bu tomondan qaraganda yomon ish qilmagan.

Shunga qaramay, eridan yashirib qilish va keyin noto‘g‘ri javob berish muammo tug‘diradi. Bu holat er-xotin o‘rtasidagi ishonchga putur yetkazishi mumkin. Eri bunday katta pulni ko‘rib, albatta qayerdan kelganini so‘raydi. “Alloh berdi” deb umumiy javob berish esa masalani yanada murakkablashtiradi.

Shuning uchun bunday ishni qilish tavsiya etilmaydi. To‘g‘risi — ochiq aytish: “Men shu pullarni yig‘ib yurgandim, bolalarimiz uchun, uyimiz uchun ishlatdim, rozi bo‘ling”, deb tushuntirish.

Endi pul allaqachon to‘langan bo‘lsa va bolalarning foydasiga ishlatilgan bo‘lsa, uni ortga qaytarish ham oson emas. Shuning uchun bu masala foyda va zarariga qarab, kelajakda to‘g‘rilab boriladi.

Asosiysi — keyingi munosabatni isloh qilish, ishonchni tiklash.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026