Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Shariatda nega erkak va ayol xiyonatiga munosabat bir xil emas?

Shariatda nega erkak va ayol xiyonatiga munosabat bir xil emas?

Nashr sanasi: April 29, 2026

Savol :

Nega erkaklar ayoliga xiyonat qilsa, begona ayol bilan gaplashib yursa, ayoliga “mayli, bir xato qilibdi, sabr qilib yashayver, gunohi o‘ziga, o‘zi javob beradi” deb nasihat qilishadi?

Agar ayol kishi salgina xato qilib qo‘ysa, “unaqa behayo ayoldan darhol ajrashish kerak” deyiladi. Nahotki shariatimiz erkaklarga shunaqa imkoniyat bergan bo‘lsa — ham harom, ham halol ish qilib yuraversa?

Agar er sanoqsiz xiyonat qilsa, shu sababdan ayol taloq so‘rasa, no‘rin bo‘ladimi?

O‘zi arang yashasa ham ayolparast erkaklarga nasihat qilsangiz, iltimos.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Erkak ham, ayol ham xiyonatda bir xil gunohkor; erkaknikini oqlab, ayolnikini qoralash shariatdan emas, balki noto‘g‘ri tushunchadir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Gapingiz to‘g‘ri, savolingiz o‘rinli. Bu yerda e’tiroz shariatga emas, balki odamlar orasidagi noto‘g‘ri tushunchalarga qaratilishi kerak.

Ya’ni erkakning xiyonatini “mayli, erkak-da, bo‘lib turadi” deb yengil qabul qilish, ayolning xatosini esa kechirilmaydigan darajada ko‘rish — bu shariatdan emas, balki odamlarning o‘zlari o‘ylab topgan noto‘g‘ri mezonidir.

Shariatimiz erkakparast emas. Erkak yoki ayol bo‘lishidan qat’i nazar, gunoh — gunoh. Zino va fahsh ishlar masalasida Qur’on va sunnatda erkak bilan ayol o‘rtasida farq qo‘yilmagan. Ikkoviga ham bir xil hukm berilgan.

Shuning uchun “erkakniki kechiriladi, ayolniki kechirilmaydi” degan gaplar shariatga emas, balki odamlarning noto‘g‘ri tushunchasiga borib taqaladi. Bu bilan shariatga tuhmat qilish ham to‘g‘ri emas.

Haqiqatda ba’zi erkaklar noto‘g‘ri yo‘l tutib, uylanish o‘rniga turli ayollar bilan gaplashib yuradi, bir necha ayol bilan bir paytda aloqa qilib yuradi, lekin mas’uliyatni zimmasiga olmaydi. Telefonida ko‘plab ayollarning raqamlari, suratlari, ma’lumotlari bo‘ladi, qayerda kim borligini biladi, lekin uylanishga kelganda qadam tashlamaydi.

Bu esa insonning o‘ziga ziyon. Bunday odam umrini behuda o‘tkazadi, qalbini ham, hayotini ham iflos qiladi.

Endi ayol masalasiga kelsak: agar er doimiy ravishda xiyonat qilsa, bu ayolga zulm hisoblanadi. Bunday holatda ayolning taloq yoki ajralish talab qilishi o‘rinsiz emas. Chunki u o‘zini, dinini va hurmatini saqlashni istayapti.

Albatta, har bir holat alohida ko‘rib chiqiladi. Ba’zan sabr qilish foydali bo‘lishi mumkin, ba’zan esa zararli bo‘ladi. Shuning uchun bu kabi masalalarda donolik, maslahat va holatni to‘g‘ri baholash muhim.

Hammamiz gunohkormiz, xatokormiz. Lekin gunohni odat qilib olish, unga oqlov topish — bu xavfli yo‘l. Alloh taolo tavba qiluvchilarni kechiradi, lekin banda o‘zini o‘zgartirishga harakat qilishi kerak.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026