Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Duo >Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: April 8, 2026

Savol :

Ustoz, Allohdan boylik so‘rashning hukmi nima?

Tijorat qilmasdan, oddiy ishda ishlab ham boylik so‘rasa bo‘ladimi? Biznes qilish uchun katta pul va sharoit kerak. Axir hamma narsa Allohning qo‘lida-ku. Boy qilmoqchi bo‘lsa, shundoq ham beraveradi-ku.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Allohdan boylik so‘rash joiz, lekin uni faqat Uning rahmati va barakasi sifatida so‘rash, sabablarni qilish va boylikning o‘zi emas, barakali bo‘lishi muhimligini unutmaslik kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

So‘rash mumkin — bu muboh narsadir.

Faqat Alloh taolodan boylikni Uning fazli va rahmati sifatida so‘rash kerak. “Boy qilmaydi”, deb o‘ylab qo‘ymaslik kerak.

Qarang, bugun kofirlar orasida ham boylar ko‘p — masalan, xitoylar, yahudiylar va boshqalar. Lekin iymon va taqvo bo‘lmasa, boylikning o‘zi afzallik bermaydi. Aksincha, u yomonlikka xizmat qilishi mumkin.

Sulayman عليه السلام Allohdan mulk so‘rab duo qilganlar:

رَبِّ اغْفِرْ لِي وَهَبْ لِي مُلْكًا لَا يَنبَغِي لِأَحَدٍ مِن بَعْدِي

“Robbim, mendan keyin hech kimga nasib etmaydigan mulkni menga bergin.”

Alloh taolo ularga ulkan saltanat berdi.

Alloh hamma narsaga qodir Zot.

Hatto Muhammad ﷺ ga Uhud tog’ini oltin qilib berish taklif qilingan. Tasavvur qiling, Uhud tog‘i oltin bo‘lsa, qanday boylik bo‘lardi!

Lekin Rasululloh ﷺ buni qabul qilmaganlar va oddiy hayotni tanlaganlar. Bu — eng to‘g‘ri tanlov edi.

Bugun biz aytamiz: “Rasululloh to‘g‘ri qilganlar.” Lekin agar o‘sha taklif bizga bo‘lsa, ko‘pchiligimiz: “Biznes qilamiz, sarmoya qilamiz”, deb qabul qilgan bo‘lardik.

Ayyub عليه السلام haqida rivoyat qilinadiki, u zot yuvinayotgan paytlarida osmondan oltin chigirtkalar yog‘gan. U zot ularni yig‘a boshlaganlar.

Shunda Alloh taolo:

يَا أَيُّوبُ، أَلَمْ أَكُنْ أَغْنَيْتُكَ عَنْ هَذَا؟

“Ey Ayyub, seni bundan behojat qilmaganmidim?” dedi.

U zot:

رَبِّ، لَا غِنَى لِي عَنْ بَرَكَتِكَ

“Robbim, Sen bergan barakadan behojat bo‘la olmayman”, deb javob berdilar.

Demak, inson Allohning barakasidan behojat bo‘lmaydi.

Boylikni so‘rash mumkin, lekin uni rahmat sifatida so‘rash kerak.

Agar mol-dunyo rahmat bo‘lsa:

  • u ne’mat bo‘ladi
  • foyda beradi
  • barakali bo‘ladi

Farzand ham rahmat, ayol ham rahmat, mansab ham rahmat, mol-dunyo ham rahmat bo‘lsa — haqiqiy foyda beradi.

Agar rahmat bo‘lmasa, u barakasiz bo‘ladi — go‘yo sutning qaymog‘i olinib tashlangandek, eng muhim foydasi ketgan bo‘ladi. Bunday boylik faqat zarar keltiradi.

Shuning uchun aqlli inson:
“Boylik ber”, deb emas, balki:
“Rahmat qilib ber”, deb so‘rashi kerak.

“Alloh sababsiz ham beraveradi”, degan gapga kelsak:

Alloh berishni istasa, sabablarini ham O‘zi yaratadi. Sababsiz bermaydi — sababni ham O‘zi hozirlaydi, yo‘lini ochadi, bir eshik ochadi va o‘sha yerdan rizq keladi.

Lekin inson sabablarni qilishga harakat qilishi kerak.

“Olma pish, og‘zimga tush”, deb o‘tirish — shariatda yo‘q.


Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Akaning uka ustida qancha haqqi bor?

    April 8, 2026
  • Qanday holatlarda qarz olish joiz bo‘ladi?

    April 5, 2026
  • Folbinlikdan tavba qilgan kishiga shar’iy jazo qo‘llanadimi?

    April 5, 2026
  • Ziqna erga nasihat qiling.

    April 5, 2026
  • “Bir gunohni qilsam, 3 kun ro‘za tutaman” deb qasam ichgan va ro‘zalari yillarga teng bo‘lib ketgan odam nima qiladi?

    April 2, 2026
  • Kuyovimning o‘g‘li o‘zining onasi bilan emas, qizim bilan yashashi to‘g‘rimi?

    March 31, 2026