Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Erim uydan chiqishimga ruxsat bermaydi…

Erim uydan chiqishimga ruxsat bermaydi…

Nashr sanasi: February 11, 2026

Savol :

Ustoz, xo‘jayinim ko‘chaga chiqishimga qarshilik qiladi. Masalan, qizimni maktabga yoki bog‘chaga olib borishimni, do‘konga chiqishimni umuman xohlamaydi.

Lekin uyda ishlar va tashvishlar bilan juda zerikib ketaman. Bozorga chiqib kelsam, ozgina bo‘lsa ham chalg‘ib kelaman desam ham ruxsat bermaydi. O‘zim niqobda yuraman. Hozir niqob taqiqlangan. Maska taqaman, hijobda yuraman. Yonimda bolam borligini ham aytsam, baribir ruxsat bermaydi.

Qanday yo‘l tutsam yaxshi bo‘ladi? Iltimos, maslahat bering.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday holatda iloji boricha eringizga itoat qilishga harakat qiling va yaxshi muomalani qo‘ldan bermang.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holatda iloji boricha eringizga itoat qilishga harakat qiling va yaxshi muomalani qo‘ldan bermang. Har bir erkakning fe’l-atvori turlicha bo‘ladi. Ba’zi erkaklar juda rashkchi, qattiqqo‘lroq bo‘lishi mumkin.

Shunday vaziyatda:

  • eringizning fe’lini tushunishga harakat qiling,

  • birdaniga qarshilik ko‘rsatmasdan,

  • asta-sekin, muloyimlik bilan tushuntirib borish yo‘lini tanlang.

Masalan, vaqt o‘tib, bolalar ulg‘aygani sari, mas’uliyatlar oshgani sari, ko‘p hollarda erkaklar ham sekin-asta yumshaydi va ayolining holatini yaxshiroq tushuna boshlaydi.

Hozircha:

  • sabr qiling,

  • vaziyatni keskinlashtirmang,

  • duo va yaxshi muomala bilan yondoshuvni davom ettiring.

Ko‘p oilalarda shunday holatlar bo‘lganini ko‘rganmiz. Sabr va donolik bilan yondashilganida, vaqt o‘tib ishlar yengillashadi, inshaAlloh.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Er ayoliga “ketaver, yashamayman” desa, taloq tushadimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026