Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qo‘rquvdan qanday qutulish mumkin?

Qo‘rquvdan qanday qutulish mumkin?

Nashr sanasi: February 11, 2026

Savol :

Ustoz, men yoshligimdan beri qorong‘ilikdan, kunduzlari ham uyda yolg‘iz qolishdan qo‘rqaman. Hozir 26 yoshdaman. Ba’zan ko‘zimga nimadir ko‘rinayotgandek bo‘ladi, lekin aslida hech narsa ko‘rmaganman.

“Allohdan boshqasidan qo‘rqadigan kishining iymoni zaif bo‘ladi”, deb eshitganman. O‘zim Qur’on o‘qiyman, kechalari Oyatul Kursi o‘qib uxlayman, lekin baribir bu qo‘rquv meni tark etmayapti. Qo‘rqmaslik uchun qanday nasihat va tavsiyalar bera olasiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ko‘zingizga nimadir ko‘rinayotgandek bo‘lishi va qorong‘ilikdan kuchli qo‘rquv — bu vasvasa alomatlaridan hisoblanadi. Buning davosi, avvalo, Alloh taoloni chuqurroq tanish bilan bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holat asosan vasvasa bilan bog‘liq. Qo‘rquvning bu turi ko‘p insonlarda, kam yoki ko‘p darajada bo‘lsa ham, uchraydi. Har qanday odam ham qorong‘ilikdan yoki noma’lum narsalardan ozmi-ko‘pmi qo‘rqadi. Lekin ko‘zingizga nimadir ko‘rinayotgandek bo‘lishi va qorong‘ilikdan kuchli qo‘rquv — bu vasvasa alomatlaridan hisoblanadi.

Buning davosi, avvalo, Alloh taoloni chuqurroq tanish bilan bo‘ladi. Ya’ni koinotda bo‘layotgan har bir narsa Allohning izni bilan bo‘layotganini qalban anglash kerak. Kim shu haqiqatni mustahkam tushunsa, hatto jin yoki shayton ko‘rinib qolgandek bo‘lsa ham, undan qo‘rqmaydi.

Agar inson bu e’tiqodni ich-ichidan anglab yetsa, jin va shaytonlardan cho‘chimaydi. Chunki aslida jinlar insondan qo‘rqadi. Inson tuproqdan yaratilgan bo‘lsa-da, Alloh uni ulardan ustun qilgan. Jinlarga ba’zi qobiliyatlar berilgan: tez harakatlanish, ko‘zga ko‘rinmaslik, devorlardan o‘tish kabi. Lekin ular Allohning iznisiz insonga zarar yetkaza olmaydi.

Agar Alloh izn bermasa:

  • jin ham,

  • shayton ham
    odamga biron zarar yetkaza olmaydi.

Shuni qalban yaxshi tushungan odamda jasorat paydo bo‘ladi.

Shuning uchun:

  1. Allohni yaxshiroq tanish — Uning qudratini, qazo-qadarini, koinotdagi tartiblarini o‘rganish.

  2. Shariatni chuqurroq bilish — bu insonni ruhiy jihatdan mustahkamlaydi.

  3. Solih, jasur, iymonli insonlar bilan ko‘proq suhbatda bo‘lish.

  4. O‘zingizga o‘xshab doim qo‘rquv haqida gapiradigan, sizni yanada cho‘chitadigan odamlardan uzoqroq bo‘lish.

Bularning barchasi tajriba bilan, asta-sekin qo‘rquvning kamayishiga olib keladi, inshaAlloh.

Aslida bu holat ko‘pchilikda bo‘ladi. Yoshligida ko‘p odamlar qorong‘ilikda yurganda, go‘yo orqasidan kimdir ergashib kelayotgandek his qiladi. Vaqt o‘tib, bu holat sekin-asta yo‘qolib ketadi.

Shuning uchun bu masalada o‘zingizni yeb-bitirib qo‘ymang, haddan tashqari vahima qilmang. Davomli zikr, Qur’on, Allohni tanish va to‘g‘ri muhit bilan bu holat yengillashadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026