Biz Rossiyada haydovchi bo‘lib ishlaymiz. Zapravkada aksiya bor: sizga maxsus kod beriladi. Agar biror tanishingiz kelib, shu kod orqali o‘z raqamini qo‘shsa, sizga ham, tanishingizga ham bonus beriladi.
Savolim shuki: agar hech kimni qo‘shmasdan, shunchaki yangi raqam olib, o‘sha kod orqali benzin quyib, ikkala tomonga beriladigan bonusni o‘zingiz olsangiz, bu halol bo‘ladimi?