Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ota-onamni da’vat qilganim uchun meni oq qilishdi…

Ota-onamni da’vat qilganim uchun meni oq qilishdi…

Nashr sanasi: January 25, 2026

Savol :

Ustoz, ota-onamga da’vat qilganim uchun ular: “Biz seni oq qildik”, deyishmoqda.
Maslahat bering, nima qilay?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Avvalo shuni aytish kerakki, bu masalani bunday keskin darajagacha olib bormaslik lozim. Mening asosiy maslahatim — shudir. “Oq qildim” degan gap bilan odam oq bo‘lib qolmaydi. Bu ish shunchaki so‘z bilan bo‘lmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avvalo shuni aytish kerakki, bu masalani bunday keskin darajagacha olib bormaslik lozim. Mening asosiy maslahatim — shudir. “Oq qildim” degan gap bilan odam oq bo‘lib qolmaydi. Bu ish shunchaki so‘z bilan bo‘lmaydi.

Aslida bola ota-onaga itoatsizlik qilsa, ularga ozor bersa, haqlarini ado qilmasa — ana shunda u o‘zi oq bo‘lgan bo‘ladi. Ota-onaning: “Seni oq qildim” deyishi bilan hukm o‘tib ketmaydi. Oq bo‘lish — amal va muomala bilan bog‘liq masala.

Agar siz ota-onangizga ma’ruf yo‘l bilan, ya’ni yaxshilikka chaqirib turgan bo‘lsangiz, shunday holatda ularning “oq qildik” deyishi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu yerda “oq–ko‘k” masalasi o‘rinli emas.

Lekin shunga qaramay, sizga aytiladigan muhim nasihat shuki: da’vatni hikmat bilan qiling. Ularni bu darajagacha olib bormang. Ya’ni shunday uslub tanlangki, ota-onangiz jahli chiqib, bunday og‘ir gaplarni aytishga majbur bo‘lmasin.

Vaqtini toping, sharoitini moslang, ohangini yumshating va asta-sekin haqqa chaqiring. Chunki maqsad — ota-onaning jannatga kirishi, ularni do‘zaxdan qutqarish. Maqsad — ularning jig‘iga tegish yoki ahvolini yanada og‘irlashtirish emas.

Masalan, bir kishi jarlik yoqasida turgan bo‘lsa, uni qutqarish uchun unga baqirib-chaqirib tashlanilmaydi. Ovchi ham ovini olish uchun shovqin-suron qilib bormaydi, balki sekin, ehtiyotkorlik va aniqlik bilan ish tutadi. Da’vatda ham xuddi shunday: yumshoqlik, hikmat va muomala bo‘lishi kerak.

Rasululloh Muhammad ﷺ biz uchun eng yaxshi namuna. U zot har bir odamga holatiga qarab murojaat qilganlar. Hikmat shuni talab qiladi. “Haq gapni aytish kerak” deb, yoqsa-yoqmasa gapiraverib, oxiri ishni yomonlashtirib qo‘yish to‘g‘ri emas.

Agar siz hikmatni ishlatib, barcha imkoniyatlarni sinab ko‘rib, baribir shunday munosabatga duch kelsangiz — bu boshqa masala. Ammo baribir ota-onaga yaxshilikni to‘xtatmang. Ularga xizmat qilishni, hurmatni, muomalani tark etmang.

Ular sizni ranjitib, qattiq gaplar aytsa ham, siz yaxshilik yo‘lida davom eting. Alloh oldida savob shunda.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026