Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qo‘shnimning gilosi ildizidan bizning uyda o‘sib chiqqan gilosdan yesak bo‘ladimi?

Qo‘shnimning gilosi ildizidan bizning uyda o‘sib chiqqan gilosdan yesak bo‘ladimi?

Nashr sanasi: January 25, 2026

Savol :

Qo‘shnimizning gilos daraxti bor. Uning ildizlari biz tomonga ham o‘tib, biz tomonda ham gilos chiqargan.
Shu gilosdan so‘ramasdan olish mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Xulosa qilib aytganda, haq jihatidan imkon bor, ammo eng yaxshisi — qo‘shnichilikni saqlagan holda kelishib olishdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar daraxtning ildizlari siz tomonga o‘tib, sizning yerinizdan oziqlanib, siz tomoningizga soya tashlayotgan bo‘lsa, ma’lum ma’noda sizning ham unda haqingiz bor hisoblanadi. Chunki u daraxt sizning yeringizdan foydalanayapti.

Shunga qaramay, eng to‘g‘ri va afzal yo‘l — buni qo‘shni bilan kelishib, halollashib olishdir. Masalan, qo‘shniga: “Daraxtingiz biz tomonga o‘tibdi, biz ham mevasidan olib yeyapsak bo‘ladimi?” deb aytish yaxshi bo‘ladi.

Agar qo‘shni rozilik bersa, masala hal bo‘ladi. Agar rozi bo‘lmasa, unda o‘sha daraxtning siz tomonga o‘tgan qismini chegaradan oshirmay kesib tashlashga haqqingiz bor — ya’ni devor yoki panjara chizig‘idan oshgan ildiz va shoxlarni tekislab olib tashlashingiz mumkin.

Ammo buni ham zarurat bo‘lmaguncha keskin yo‘l bilan emas, qo‘shnichilik odobi va yaxshi muomala bilan hal qilish afzal. Chunki daraxtni kesish ham qo‘shniga, ham o‘zingizga yoqmaydigan holat bo‘lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, haq jihatidan imkon bor, ammo eng yaxshisi — qo‘shnichilikni saqlagan holda kelishib olishdir.

Allohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026