Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Bomdod namozida doimiy qunut o‘qish hukmi.

Bomdod namozida doimiy qunut o‘qish hukmi.

Nashr sanasi: January 11, 2026

Savol :

Ustoz, yashayotgan joyimdagi masjid imomi bomdod namozida har kuni qunut o‘qiydi. Bomdodni o‘zim o‘qiganim afzalmi yoki ular bilan birga o‘qiganim yaxshiroqmi? Bilishimcha, har kuni bomdodda qunutni doimiy qilib olish bid’at sanaladi. Maslahat bering.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bomdod namozida qunut o‘qish aslida shariatda bor amal. Buni mutlaqo bid’at deb bo‘lmaydi. Chunki Rasululloh ﷺ qunut o‘qiganlar, ammo uni doimiy ravishda, umr bo‘yi har kuni o‘qimaganlar.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bomdod namozida qunut o‘qish aslida shariatda bor amal. Buni mutlaqo bid’at deb bo‘lmaydi. Chunki Rasululloh ﷺ qunut o‘qiganlar, ammo uni doimiy ravishda, umr bo‘yi har kuni o‘qimaganlar.

Rasululloh ﷺ musibat, og‘ir sinovlar, tushkunlik va balolar paytida qunut o‘qiganlar. Shuning uchun agar bugungi kunda musulmonlar boshiga kelayotgan umumiy musibatlar, zulmlar va og‘ir holatlar sababli qunut o‘qilayotgan bo‘lsa, bu sunnatga mos hisoblanadi.

Bu amalni bid’at, deb baholash to‘g‘ri emas, ayniqsa u ma’lum bir mazhab asosida qilinayotgan bo‘lsa. Modomiki imom qunutni o‘qiyapti va bu uning mazhabiga ko‘ra joiz bo‘lsa, jamoatdan ajralmasdan, uning orqasida namoz o‘qish afzal.

Siz imomga iqtido qilib:

  • qunutda turib,

  • duo qilib,

  • jamoat bilan birga namoz o‘qisangiz,

bu siz uchun sunnatga amal qilish bo‘ladi.

Bugungi kunda musulmon ummati turli musibatlar ichida turgan bir paytda, hech bo‘lmasa jamoat bilan duo qilish, Allohdan yordam so‘rash — bu ham ibodat, ham mas’uliyatdir.

Shuning uchun:

  • jamoatdan ajralmang,

  • imomga ergashing,

  • qunutda duo qiling.

Bu amal bid’at emas, balki shar’iy asosga ega.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Peshin farzidan keyin necha rakaat sunnat o‘qish afzal?

    May 4, 2026
  • Namozda ayol kishining oyog‘i avrat sanaladimi?

    April 29, 2026
  • Peshinni asr vaqtiga taqab o‘qisa bo‘ladimi?

    April 29, 2026
  • O‘n yillikk qazo namozlarim tugadi, yana o‘qisam bo‘ladimi?

    April 23, 2026