Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol o‘zidan yoshi kichik xolavachchalari oldida hijobsiz yurishi.

Ayol o‘zidan yoshi kichik xolavachchalari oldida hijobsiz yurishi.

Nashr sanasi: January 7, 2026

Savol :

Ayol kishi “yoshim katta, u mendan kichik” deb, xolasining o‘zidan uch-to‘rt yosh kichik bo‘lgan o‘g‘illari oldida hijobsiz yursa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, albatta bo‘lmaydi. Uch-to‘rt yosh kichik bo‘lsa ham, u nomahram hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, albatta bo‘lmaydi. Uch-to‘rt yosh kichik bo‘lsa ham, u nomahram hisoblanadi.

Yosh teng bo‘lishi yoki yosh kichik bo‘lishi bilan hijob masalasi yengillashib ketmaydi. Erkak kishi balog‘atga yetgan bo‘lsa, ayol kishi u bilan mahram–nomahram hukmlariga qat’iy rioya qilishi shart.

Hatto balog‘atga yetmasdan oldin ham, agar bola murohiq bo‘lib qolgan bo‘lsa (ya’ni ayollarga qiziqish paydo bo‘ladigan yoshga kirgan bo‘lsa), masalan 12–13 yosh atrofida bo‘lsa ham, ayol kishi uning oldida hijobli bo‘lishi kerak.

Chunki bunday yoshga yetgan bolalar:

  • ayollarning avrat masalalarini tushuna boshlaydi,

  • yurish-turishi va qarashlari o‘zgaradi,

  • ayollarga e’tibor beradigan holatga kiradi.

Shu sababli, bunday yoshdagi bolalar oldida ham ayol kishi hijobga rioya qilishi lozim. Yosh kichikligi bahona bo‘lib, bemalol yurishga ruxsat bermaydi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026