Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qabrni ko‘chirish hukmi.

Qabrni ko‘chirish hukmi.

Nashr sanasi: January 7, 2026

Savol :

SSSR davrida **Imom al-Buxoriy**ning qabri e’tiborsiz holatda bo‘lganini ko‘rib, Malayziya prezidenti qabrni katta mablag‘ evaziga sotib olib, boshqa joyga ko‘chirmoqchi bo‘lgan, degan gaplar bor.
Shu munosabat bilan savol: qabrni ko‘chirishning hukmi qanday? Bu gunoh emasmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Asl qoida shuki, qabrni ko‘chirish joiz emas. Agar shar’iy zarurat bo‘lmasa, qabrni joyidan olib ko‘chirish noto‘g‘ri va gunoh bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Asl qoida shuki, qabrni ko‘chirish joiz emas. Agar shar’iy zarurat bo‘lmasa, qabrni joyidan olib ko‘chirish noto‘g‘ri va gunoh bo‘ladi.

Agar Imom Buxoriyning qabrini shunchaki “yaxshi joyga olib ketish” maqsadida ko‘chirishganida, bu to‘g‘ri bo‘lmas edi. Chunki bunga zarurat yo‘q edi. Qabrni ko‘chirish keyinchalik turli bid’at va noto‘g‘ri amallarga ham sabab bo‘lishi mumkin edi.

Biroq fiqhda istisno holatlar bor. Ya’ni zarurat bo‘lsa, qabrni ko‘chirishga ruxsat beriladi. Masalan:

  • tabiiy ofat sababli (suv bosishi, sel kelishi) qabr ochilib ketish xavfi bo‘lsa;

  • yer egasi o‘z yeridan rozilik bermasa va mayit boshqa joyga ko‘chirilishi shart bo‘lsa;

  • musulmon mayit kofirlar qabristoniga ko‘milgan bo‘lib qolsa — imkon bo‘lganda musulmonlar qabristoniga ko‘chiriladi.

Bunga tarixiy misol sifatida Uhud shahidlari keltiriladi: ayrim rivoyatlarda Hamza ibn Abdul-Muttalib (r.a.) va boshqa shahidlarning qabrlarini suv kelib zarar yetkazgani sababli balandroq joyga ko‘chirilgani zikr qilinadi. Bu holat zarurat tufayli bo‘lgan.

Xulosa qilib aytganda:

  • zarurat bo‘lmasa — qabr ko‘chirilmaydi;

  • shar’iy uzr bo‘lsa — ko‘chirish joiz bo‘ladi;

  • Imom Buxoriyning qabrini ko‘chirish zarur bo‘lmagan, shuning uchun ko‘chirilmaganining o‘zi to‘g‘ri bo‘lgan.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026