Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Imom tahoratsiz namoz o‘qigan bo‘lsa, jamoat nima qiladi?

Imom tahoratsiz namoz o‘qigan bo‘lsa, jamoat nima qiladi?

Nashr sanasi: January 3, 2026

Savol :

Jamoat namozi o‘qib bo‘lingandan so‘ng imom tahorati yo‘qligini bilib qolsa, imomga ergashgan jamoat ham namozni qaytadan o‘qiydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu masala ixtilofli masaladir. Kim qaysi mazhabda bo‘lsa, o‘sha mazhabning fatvosiga amal qiladi, hanafiy bo‘lganlar qayta o‘qiydi, shofi‘iy bo‘lganlar qayta o‘qimaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala ixtilofli masaladir.

  • Shofi‘iy mazhabida:
    Imomning tahorati yo‘q bo‘lib chiqqan bo‘lsa ham, muqtadiylarning (jamoatning) namozi sahih hisoblanadi. Ular namozni qaytadan o‘qimaydi.

  • Hanafiy mazhabida:
    Muqtadiylar namozni qaytadan o‘qiydi. Chunki hanafiylarga ko‘ra, jamoatning namozi imomning namoziga bog‘liq bo‘ladi. Imomning namozi botil bo‘lsa, unga ergashganlarning namozi ham botil bo‘ladi.

Shuning uchun:

  • kim qaysi mazhabda bo‘lsa, o‘sha mazhabning fatvosiga amal qiladi;

  • hanafiy bo‘lganlar qayta o‘qiydi,

  • shofi‘iy bo‘lganlar qayta o‘qimaydi.

Ba’zi ulamolar tafsilot ham keltirganlar:
agar imomning tahoratsizligi darhol ma’lum bo‘lib qolsa, qayta o‘qish aytilgan;
agar ancha vaqt o‘tib bilinib qolsa, qayta o‘qilmaydi, degan qarash ham bor.

Biroq xilofdan chiqish uchun, agar imkoni bo‘lsa, qayta o‘qib qo‘yish afzal hisoblanadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qiz bola necha yoshdan namoz boshlaydi?

    February 7, 2026
  • O‘limdan avval kasallik sababli 3-4 kun o‘qilmay qolgan namozlar hukmi.

    February 3, 2026
  • Namozda farzdan keyin salom berdimmi-yo‘qmi deb ikkilansa, nima qiladi?

    January 31, 2026
  • Peshinning sunnatini 2 rakaatdan o‘qish kerakmi?

    January 28, 2026
  • Masjidga chiqayotgan kishilarning soqolini olishga majburlashyapti…

    January 26, 2026
  • Narkoz sababli o‘rnidan turolmay qolgan va xotirasini yo‘qotgan kishi qanday namoz o‘qiydi?

    January 24, 2026