Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Egizak homiladan biri kasal bo‘lsa va ikkinchisiga zarar yetkazsa, oldirib tashlasa bo‘ladimi?

Egizak homiladan biri kasal bo‘lsa va ikkinchisiga zarar yetkazsa, oldirib tashlasa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: January 2, 2026

Savol :

Ustoz, mening besh oylik homilam bor. Shifokorlar egizak deyishdi: bittasi sog‘lom, ikkinchisi esa tanasi shishib ketgan, bachadonning katta qismini egallab olgan va sog‘lom homilani qisib, uning o‘sishiga zarar yetkazyapti ekan.

O‘zim ham ko‘p og‘rib qolyapman. Bir nechta shifokorlarga ko‘rindik, hammasi: “Homilani oldirib tashlanglar”, deyishyapti. Ammo men shariatda yuragi urayotgan homilani oldirish joiz emas deb eshitganman. Nima maslahat berasiz?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu masala juda og‘ir va nozik masala. Bunda sabr qilish kerak bo‘ladi

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala juda og‘ir va nozik masala. Bunda sabr qilish kerak bo‘ladi, vallohu a‘lam.

Chunki hozirgi holatda ikkala homilaning ham yuragi urib turibdi, ya’ni ikkalasi ham tirik. Shunday ekan, bu ishni Allohga topshirish lozim. Alloh taolo Qodir Zotdir. Alloh taolo aytadi:

لَا تَدْرِى لَعَلَّ ٱللَّهَ يُحْدِثُ بَعْدَ ذَٰلِكَ أَمْرًۭا

Sen bilmassan, shoyadki, Alloh undan keyin biror ishni paydo qilsa.
(Taloq surasi, 1-oyat )

Sizning bu savolni berib, “Alloh nima deydi, Rasululloh ﷺ nima deydi, din nima deydi?” deb so‘rashingizning o‘zi taqvodir. Siz hozir taqvo yo‘lidasiz.

Alloh taolo yana aytadi:

Kim taqvo qilsa, Alloh unga chiqish yo‘lini beradi.

Bu Allohning va’dasi. Siz taqvoni davom ettiring va Allohning va’dasini kuting. Alloh taolo siz o‘ylamagan joydan bir mahraj, bir yaxshilik yaratadi, in shā Alloh.

Mening nasihatim: sabr qiling. Chunki yuragi urib turgan homilani oldirish masalasi juda og‘ir. Agar bittasini oldirish kerak bo‘lsa, amalda ikkinchisi ham zarar ko‘rishi mumkin.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026