Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qisman shar’iy va qisman noshar’iy to‘yning shar’iy qismiga qatnashish.

Qisman shar’iy va qisman noshar’iy to‘yning shar’iy qismiga qatnashish.

Nashr sanasi: December 24, 2025

Savol :

Qisman shar’iy, qisman noshar’iy bo‘ladigan to‘yga shar’iy qismida qatnashib, noshar’iy joyidan uzoq turgan holda borish mumkinmi? Shuningdek, bunday to‘y egasiga hadya berish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu masala holatga qarab baholanadi. Aslida esa, imkon qadar bunday to‘ylardan uzoq turish taqvoga yaqinroqdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Alloh taolo Qur’onda:

فَاتَّقُوا اللَّهَ مَا اسْتَطَعْتُمْ

“Qo‘lingizdan kelgancha Allohdan taqvo qilinglar”
deb buyurgan.

Bu masala holatga qarab baholanadi. Aslida esa, imkon qadar bunday to‘ylardan uzoq turish taqvoga yaqinroqdir.

Agar to‘yda:

  • aroq ichish,

  • ochiq fasod,

  • shariatga zid amallar bo‘lsa,

u holda inson o‘zining bunday ishlarga rozi emasligini atrofdagilar sezadigan darajada namoyon qilishi kerak. Masalan, aroqli to‘y qilinayotgan bo‘lsa, bunday to‘yga hadya berish yoki moliyaviy jihatdan hissa qo‘shish noto‘g‘ri bo‘lib ko‘rinadi. Chunki bu holatda inson go‘yoki o‘sha noshar’iy ishlarni qo‘llab-quvvatlayotgandek bo‘lib qoladi.

Ko‘pincha bizda shunday holatlar uchraydi:

  • ertalab nahor osh (shar’iyroq muhit),

  • kechqurun esa aroq va boshqa noshar’iy ishlar bo‘ladi.

Ayrimlar: “Nahorga borib, kechqurungi noshar’iy qismida qatnashmasak bo‘ladimi?” deb so‘rashadi. Bu savolga aniq va qat’iy ruxsat bor, deb aytish qiyin.

Taqvoni ko‘zlagan inson uchun:

  • kechqurungi noshar’iy yig‘inlarga bormaslik,

  • bunday to‘ylarga hadya bermaslik,

  • imkon qadar chetda turish eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Chunki to‘y egasi:

  • “bu qismi halol, bu qismi harom” deb emas,

  • barchasini bir to‘y sifatida tashkil qilmoqda.

Shuning uchun umuman hissa qo‘shmaslik, hadya bermaslik va uzoq turish — taqvoga yaqinroq bo‘ladi.

Alloh taolodan qo‘lingizdan kelgancha taqvo qilish — eng to‘g‘ri yo‘l.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026